Pedagogika universitetida kasbiy-ijodiy imtihonlar boshlandi

✅ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun kasbiy ijodiy imtihonlar boshlandi.

✅ Joriy yilning 28-iyul sanasidan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlar Tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi, Musiqiy taʼlim, Jismoniy madaniyat yoʻnalishlari boʻyicha boshlandi.

✅ Ijodiy imtihonlar Chilonzor tumanida joylashgan universitetning bosh binosi xamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport majmuasida boʻlib oʻtmoqda.

✅ Imtihonlar oʻtkazilishidan oldin abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish vaqtida koʻrsatgan telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborilib, ularga imtihon oʻtkazish sanasi, joyi va vaqti maʼlum qilingan.

✅ Xolislik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida har bir imtihon oʻtkazish joyi kuzatuv kameralari bilan jihozlandi va ota-onalar uchun farzandlarining imtihon topshirish jarayonini https://imtihon.edu.uz/Toshkent/25 havola orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

✅ Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirayotgan abituriyentlar tibbiyot niqobi va qoʻlqopi, ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda.