O'qituvchi bo'laman, harbiy bo'laman, sportchi bo'lishni xohlayman...

✅ Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov boshchiligida jamoa Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.

✅ U yerda tarbiyalanuvchilar bilan yaqindan suhbatlar tashkil etildi va yangi o'quv yili munosabati bilan ularga o'quv qurollari sovg'a qilindi.

✅ Ularning kelajaldagi orzu intilishlari va maqsadlari bilan tanishildi. Tarbiyalanuvchilarning aksariyat qismi kelajakda o'qituvchi, harbiy, sportchi bo'lishni xohlashlarini aytib o'tishdi. 

✅ Universitet tomonidan tarbiyalanuvchilarga kasb-hunar, xorijiy tillar va sport yo'nalishlarida muntazam to'garaklar tashkil etishga kelishib olindi.