Kredit-modul tizimiga bag'ishlangan seminar-trening bo'lib o'tdi

✅ Oliy ta'lim tizimi oldiga davlatimiz rahbari tomonidan qo'yilgan vazifalar ijrosi sifatli va o'z vaqtida ta'minlanishi ortida soha qiyofasi ham sifat va xalqaro talablarga javob berishni boshlamoqda. Respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalari joriy o'quv yilidan butunlay kredit-modul tizimida ta'lim berishni boshlamoqda.
✅ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti esa ushbu tizimga o'tganining ikkinchi yili bo'lishiga qaramasdan, ta'lim berishning kredit-modul tizimi haqida muntazam seminarlar, davra-suhbatlari, master-klasslar va anjumanlar tashkil etib kelmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa ta'lim tizimimizga yangi kirib kelayotgan o'qitishning kredit-modul shakli bo'yicha professor-o'qituvchilarda yetarli salohiyat, bilim va ko'nikmani shakllantirish, talabalarga ushbu tizimda o'qish afzalliklari va xususiyatlari haqida ma'lumot berishdan iborat.
✅ 2021-yilning 10-sentyabr kuni TDPU Boshlang‘ich ta'lim fakultetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan "Kredit-modul tizimi bo‘yicha o‘qitish: muammolar va yechimlar" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Undan ko'zlangan maqsad kredit-modul tizimi bo‘yicha o‘qitishda yig‘ilib qolingan muammolarning yechimini topish, baholash tizimining yaxlit mexanizmini ishlab chiqishdan iborat bo'ldi.
✅ Kredit-modul tizimini milliy ta'lim tizimiga joriy etishda yo'l qo'yilayotgan xatolar, tizimni joriy etishning optimal usullari va tizimga oid yangi ma'lumotlar taqdimotchilar tom0nidan trening ishtirokchilariga yetkazildi.
✅ Seminar-treningda fakultetning professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etishdi. Tadbir so'ngida ta'lim berishning kredit-modul tizimi, uni joriy etishdagi savollar bo'yicha ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi. Milliy oliy ta'lim tizimimizga integratsiya qilinayotgan yangi tizim bo'yicha bunday seminar-treninglarni o'tkazish ayni kunning dolzarb vazifalaridandir.