TDPU va "International development services" kompaniyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

✅ Kuni kecha “INTERNATIONAL DEVELOPMENT SERVICES” direktori O.Botirov va universitet rektori Alisher Umarov ishtirokida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va ilmiy-texnik loyihalar va dasturlar hamda ularning faoliyat natijalari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv davomida universitet olimlari va ilmiy izlanuvchilarining ilmiy tadqiqotlari natijalarini, ilmiy maqolalarni ommalashtirish, xalqaro tan olingan ilmiy-texnik bazalar bilan ishlash, professor-oʻqituvchilarning nashr faolligini oshirish, universitetning “Markaziy Osiyo taʼlimi” ilmiy elektron jurnalini “Scopus” maʼlumotlari bazalarida indekslanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqildi.
✅ Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni hamda ilm-fanni yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.