Magistraturaga tavsiya etilganlar diqqatiga!

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura ta'lim yo'nalishlariga o'qishga tavsiya etilganlar diqqatiga!

 Quyidagi hujjatlarni joriy yilning 13-sentyabr kunidan boshlab, universitetning magistratura bo'limiga olib kelib topshirishingiz so'raladi:

 

1. Diplom va ilovasi asli;

2. Pasport - 4 ta nusxa (2 ta rangli);

3. Rasm rangli (3x4, 8 dona);

4. 086 forma;

5. Abituriyent ruxsatnomasi;

6. Til boʻyicha sertifikat (mavjud boʻlsa, asli va 2 ta nusxa);

7. Davlat mukofoti (mavjud boʻlsa, asli va 2 ta nusxa);

8. Ish joyidan maʼlumotnoma (ishlasa);

9. Maʼlumotnoma - Obektivka (oʻzbek va rus tillarida);

10. Maqola va tezislar (mavjud boʻlsa);

11. Koʻzi ojizlar - ko'zi ojizligi haqida maʼlumotnoma asli va 2 ta nusxa.

 

✅ Manzil: Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi 105 uy, Professional taʼlim fakulteti, 1-qavat 

 

✅ Murojaat uchun telefon: +998975835183.

 

✅ Magistraturaga o'qishga tavsiya etilgan barchani chin qalbdan tabriklaymiz va ilmiy-ijodiy faoliyatda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!