Abdulla Avloniy - mangulikka daxldor ziyo!

✅ Adiblar xiyoboni bugun yoshlarimizning sevimli maskani, ma'naviy ozuqa manbaidir. Doimiy tarzda o'tkazib kelinayotgan turli tadbirlar, uchrashuvlar esa xiyobonni poytaxtimizdagi eng gavjum maskanlardan biriga aylantirmoqda.
✅ Kuni kecha Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ramz film” MCHJ hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan “Abdulla Avloniy” hujjatli filmi premyera qilindi. Kinokartina “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, yetuk maʼrifatparvar olim, dramaturg va jamoat arbobi Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan.
✅ Premyerada TDPU rektori Alisher Umarov, «O‘zbekkino» Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, adabiyotshunos Shuhrat Rizayev, hujjatli film ijodkorlari, professor-o'qituvchilar, talabalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
✅ Tadbirni ochib berish uchun so'zga chiqar ekan Alisher Umarov Abdulla Avloniy shaxsini yoshlarimiz ta'lim-tarbiyasida nechog'lik muhim o'rin tutishi, u shaxsni hayoti va ijodini chuqur o'rganish orqali, bilim, ma'naviyat va dunyoqarashimizni kengaytirishimiz lozimligi, bu kabi targ'ibot-tashviqot tadbirlari orqali u zotni yanada chuqur anglash, har bir ta'lim-tarbiya uchun ma'sul shaxsning eng asosiy vazifasi ekanligi haqida atroflicha fikrlarini bayon etdi.
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida yaratilgan hujjatli film namoyishi barcha ishtirokchilarni mamnun etdi.
✅ Ssenariy muallifi Muqaddas Usmonova, rejissyor Muzaffarxon Erkinov, aktyorlar Alisher Yoʻldoshev, Akmal Mirzo, Rasulxon Qodirxonov, Elbek Fayziyev va boshqalar.
✅ Premyera so'nggida universitet nomidan rektor Alisher Umarov yoshlarimizga, jajji bolajonlarga kitoblar jamlanmasi va badiiy adabiyotlarni sovg'a qildi. Universitet talabalari tomonidan kuylangan milliy klassik qo'shiqlar va chiqishlar premyera namoyishchilariga xursandchilik bag'ishladi.
✅ Milliy tariximizning o'chmas yulduzi, ta'lim-tarbiya ziyokori bo'lgan Abdulla Avloniy hayotiga oid hujjatli film namoyishi va namoyishdan so'ng yoshlarimizga ulashilgan ajoyib kitoblar barcha ishtirokchilarning vaqti mazmunli o'tishini, ulkan ma'naviy ozuqaga ega bo'lishini ta'minladi.