ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA!

✅ Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

✅ Xabar berganimizdek, 1-oktyabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha ariza topshirishning soʻnggi muddati etib belgilangan edi.

✅  Joriy oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

✅ Ushbu tizim:

✴️ ortiqcha ovoragarchilik va suiisteʼmolchiliklarning oldini olish;

✴️ jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;

✴️ elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;

✴️ toʻlov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

✅ Endi abituriyentlar oliy taʼlim muassasasiga ovora boʻlib, borib oʻtirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning maʼlumotlari va toʻplagan bali Davlat test markazi bazasidan toʻgʻridan-toʻgʻri olinib, elektron koʻrinishdagi ariza asosida elektron toʻlov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.

Manba: @eduuz