“Mahorat maktablari”da amalga oshirilayotgan ishlar va navbatdagi vazifalari mavzusidagi o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent viloyati “Mahorat maktablari”da amalga oshirilayotgan ishlar va navbatdagi vazifalari mavzusidagi o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi. O’quv seminarni Toshkent viloyati XTB boshlig’i Q.A.Movlyanov ochib berdi.

Tafsilot

Qisqacha

Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent viloyati “Mahorat maktablari”da amalga oshirilayotgan ishlar va navbatdagi vazifalari mavzusidagi o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi. O’quv seminarni Toshkent viloyati XTB boshlig’i Q.A.Movlyanov ochib berdi.

Batafsil

Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent viloyati “Mahorat maktablari”da amalga oshirilayotgan ishlar va navbatdagi vazifalari mavzusidagi o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi. O’quv seminarni Toshkent viloyati XTB boshlig’i Q.A.Movlyanov ochib berdi. XTB Bosh boshqarma boshlig’i Y.M.Asadov, Xalq ta`limi vazirligi tasarrufida faoliyat olib borayotgan “Mahorat maktablari” va o’qituvchi kompetentsiyasi mavzusida ma`ruza qildi. Universitetimizning Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hakorlik ishlari bo’yicha prorektori, SH.M.Zufarov, Uzluksiz ta`lim tizimida “Mahorat maktablari”ga berilayotgan metodik yordamni universitet kafedralari misolida tushintirib, kerakli tavsiyalarni berdi. Respublika Ta`lim markazi direktori I.I.Zokirov ham “Mahorat maktablari”dagi ishlar ko’lami va galdagi vazifalari to’g’risida o’zining fikrlarini ta`kidlab o’tdi. Zangiota tumanidagi 56-umumta`lim maktabida boshlang’ich ta`lim yo’nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan maktab direktori G.Gasilova va boshlang’ich ta`lim o’qituvchisi D.Xoldarova ma`ruza qildi. Seminar so’ngi bahs-munozara va savol-javoblar bilan yakunlandi va fanlar kesimida sho’`balarda davom ettirildi.