O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA TAQDIM ETISH YO'RIQNOMASI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA TAQDIM ETISH YO'RIQNOMASI

Детали

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA TAQDIM ETISH YO'RIQNOMASI

Детально

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etiladigan nomzodlarga qo'yiladigan talablar: Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy ukuv yurtlarida ta'lim olayotgan, a'lo xulqi, oliyjanob insoniy fazilatlari, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari, yorqin iste'dodini namoyish qilishi bilan birga istiqlol g'oyalarini amalga oshirish yo'lida fidokorona mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, san'at, madaniyat, fan va ta'lim sohalarida erishgan katta yutuqlari uchun beriladi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlar o'zining vatanparvarligi, siyosiy-ijtimoiy va ma'naviy to'qligi (Prezident asarlari, mamlakatning ichki va tashqi siyosati haqida, istiqlol mafkurasi asosida erkin fikr yurita bilishi), Vatanimiz tarixi, milliy allomalarimiz va jahon madaniyati merosini yaxshi egallaganligi bilan ajralib turishi lozim. 2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarining asarlariga qo'yiladigan umumiy talablar: - Nomzodning ilmiy-ijodiy ishlari o'zining yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, badiiy qimmati bilan alohida ajralib turishi, xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirish, Mustaqillik g'oyalarini amalga oshirish, jamiyatimizda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy islohotlar mohiyatini ochish, mamlakatimizdagi ijtimoiy va madaniy hayotni yanada yaxshilash masalalarini hal etishga qaratilgan bo'lishi lozim; - tavsiya etilayotgan ishlarni baholashda ularning Vatanimiz yoki chet ellarda chop etilganligi, yetakchi mutaxassislar tomonidan yuqori baholanganligi, jamoatchilik tomonidan e'tirof etilganligi inobatga olinishi lozim. Shuningdek, nomzodlar tanlagan sohalarida Respublika hamda xalqaro miqyosdagi tanlovlar va tadbirlarda yutuqlarni qo'lga kiritgan bo'lishi lozim.

Похожие новости