Ingliz tilini o`rganamiz

Sizning havolangizga universitetimizning bir guruh jamoasi tomonidan “Ingliz tilini o`rganamiz” deb nomlanuvchi elektron multimediyali qo`llanma tavsiya etilmoqda. Qo`llanma ingliz tilini o`rganishi o`z oldiga maqsad qilib ilk qadamlarni qoyganlar uchun mo`ljallangan.

Tafsilot

Sizning havolangizga universitetimizning bir guruh jamoasi tomonidan “Ingliz tilini o`rganamiz” deb nomlanuvchi elektron multimediyali qo`llanma tavsiya etilmoqda. Qo`llanma ingliz tilini o`rganishi o`z oldiga maqsad qilib ilk qadamlarni qoyganlar uchun mo`ljallangan.

Batafsil

Mamlakatimiz ta’lim tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi borasida barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu islohotlar jarayonida xorijiy tillarni o‘rgatishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2012-yilning 10-dekabrida qabul qilgan «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori bu borada muhim omil bo‘layotir. Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash doirasida oliy ta`lim muassasalarining moddiy texnik va dasturiy ta`minoti mustahkamlanmoqda. Talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib saboq berilmoqda. Chet tili darslari o`tiladigan xonalar videoproyektorlar, televizor, kompyuter, ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlangan. Sizning havolangizga universitetimizning bir guruh jamoasi tomonidan “Ingliz tilini o`rganamiz” deb nomlanuvchi elektron multimediyali qo`llanma tavsiya etilmoqda. Qo`llanma ingliz tilini o`rganishi o`z oldiga maqsad qilib ilk qadamlarni qoyganlar uchun mo`ljallangan. Quyida keltirilgan murojat orqali dasturni ko`chirib olishingiz mumkin. Dasturni ishlashi uchun zaruriy bo`lgan dasturiy va texnik ta’minot: Windows XP va undan keyingi OTlar, P-IV, 512 MB operativ xotira, 200 MB bo`sh joy. Dastur haqidagi taklif va mulohazalaringizni thusan@mail.ru elektron qutisiga xat yozib bildirishingiz mumkin. Sizning taklif va mulohazalaringiz dasturni mukammallastirish va keyingi qismlarini ishlab chiqish uchun albatta inobatga olinadi.
Dasturdan lavhalar Dasturni yuklab olish

Mavzuga oid