O`zbek tili va adabiyoti fakulteti

Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablar uchun O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari tayyorlab berayotgan O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti universtetning eng keksa, o‘ziga xos boy tarixga ega bo‘lgan fakultetlaridan biri hisoblanadi.

Tafsilot

Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablar uchun O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari tayyorlab berayotgan O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti universtetning eng keksa, o‘ziga xos boy tarixga ega bo‘lgan fakultetlaridan biri hisoblanadi.

Batafsil

Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablar uchun O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari tayyorlab berayotgan O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti universtetning eng keksa, o‘ziga xos boy tarixga ega bo‘lgan fakultetlaridan biri hisoblanadi. O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1935 yili tashkil etilgan bo‘lib, universitetning tengdoshidir. U dastlab “O‘zbek tili va adabiyoti” (1950) fakulteti deb nomlangan, keyin esa “Tarix-filologiya fakulteti”, 1968 yildan e’tiboran esa “Filologiya” fakulteti deb yuritila boshlandi. 1976 yilda uning negizida “O‘zbek va qozoq filologiyasi”, “Rus va tatar filologiyasi” fakultetlari tashkil topdi. Asos solingan kundan boshlab, respublika maktablari uchun O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti (1953), Tatar tili va adabiyoti (1968), Milliy maktablarda rus tili (1971), Rus maktablarida o‘zbek tili (1972-1981) mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlandi. Fakultetga turli yillarda Nikolay Kalishtanov Terofimovich Venediktov, K.D.Dramatovich, T.X.Salimov, Sh.M.Abdullaeva, M.U.Umarov, O.Q.Qayumov, A.Sa’diev, H.Bekmuhamedov, M.Boboeva, A.Shermatov, Q.Qo‘sonboev, M.Ahmadboeva, N.Mahmudov, I.Yo‘ldoshev, B.To‘xlievlar dekanlik qilganlar. Hozirgi paytda fakultetni dotsent I.Azimov boshqarmoqda. Fakultet tashkil qilinganidan beri uning turli kafedralarida respublikamizning mashhur tilshunos, adabiyotshunos, sharqshunoslaridan O.Sharafiddinov, Maqsud Shayxzoda, O‘tkir Rashid, G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, N.Mallaev, S.Usmonov, M.Bekbergenov, H.Sulaymon, A.Shermatov, A.Boboxonov, T.Aydarov, T.Boboev singari mashhur ustozlar ishladilar. Fakultet yurtimizning til va adabiyot sohasiga juda katta yozuvchilar, olimlar, jurnalistlarini yetkazib berdi. Ular orasida davlat va Respublika mukofoti sovrindorlari Hamid G‘ulom, Shuhrat, Mamarasul Boboev, Mirmuhsin, Shukrullo, Zulfiya, Po‘lat Mo‘min, Vosit Sa’dulla, Zafar Diyor, Said Ahmad, Hakim Nazir, Turob To‘la, O‘ktam Usmonov, Xayriddin Saloh, Yusuf Shomansur, Nizom Komil singari 40 dan ziyod yozuvchi va shoirlar mavjud. O‘quv faoliyati Fakultetda “O‘zbek tili va adabiyoti” hamda “Qozoq tili va adabiyoti” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, “O‘zbek tili va adabiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Fakultetning mustaqillik yillaridan keyingi faoliyatini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. 1991 yildan keyingi davrdagi eng asosiy muammo milliy mafkuramizga mos o‘quv adabiyotlari yaratish edi. Fakultet rahbariyati tomonidan tuzilgan mualliflar guruhi bu vazifani bajarishga kirishadi hamda bosqichma bosqich ma’ruzalar matni ko‘rinishida, o‘quv qo‘llanma so‘ngra darslik ko‘rinishida adabiyotlarning yangi avlodi yaratila boshlanadi. Qisqa muddat ichida fanlar bo‘yicha adabiyotlar ta’minoti talab darajasiga keltirildi. Lekin galdagi asosiy vazifa yaratilgan o‘quv adabiyotlarini aprobatsiyadan o‘tkazib, takomillashtirib borish hamda ularning lotin yozuvi asosidagi yangi alifbodagi variantlarini yaratish bo‘ldi. Bu masala ham bosichma bosqich amalga oshirilib borildi.
Hozirgi kungacha fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan barcha fanlardan darslik, o‘quv qo‘llanmalari yaratildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirda mavjud bo‘lgan barcha darslik, o‘quv qo‘llanmalari lotin grafikasidagi yangi yozuvda yaratilgan. Adabiyotlar mualliflari yuqori tashkilotlar tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan tanlovlarda faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lib kelishmoqda. Fakultetda o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar to‘liq yaratilgan bo‘lib, har o‘quv yilida takomillashtirilib borilmoqda. Mazkur o‘quv yilidan har bir kafedra bo‘yicha 2ta fandan o‘quv-uslubiy modul (sillabuslar) yaratilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etildi. Hozirgi kunda yanglangan klassifikator asosida 1-2-kurslar uchun o‘quv-uslubiy majmualar, o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy faoliyat Fakultetning ilmiy sohada ham o‘ziga xos an’analari bor. Chunki bu dargohda ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, ilmiy maktab yaratgan S.Usmonov, N.Mallaev, M.Asqarova, A.Shermatov kabi ustozlar faoliyat ko‘rsatishgan. Mana shunday ustozlar ilmiy faoliyatlarini ularning shogirdlari H.Homidiy, N.Mahmudov, S.Ashirboev, R.Rasulov, B.To‘xliev hamda ularning shogirdlari davom ettirib kelishmoqda. Mazkur ishlarning natijasi o‘laroq, mustaqillik yillarida 11 ta doktorlik, 44ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Hozirgi kunda fakultetda ilmiy salohiyat 56%ni tashkil etadi. So‘nggi besh yil mobaynida fakultet jamoasi tomonidan 100ga yaqin chet el, 300dan ortiq respublika miqyosida maqolalar, 50dan ortiq monografiyalar e’lon qilindi. Fakultet jamoasi grant loyihalarida ham faol qatnashib kelmoqda. So‘nggi yillarda fakultetda jami 10ta grant loyihasida 60 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etib kelmoqda. Fakultetda iqtidorli talabalarni izlash, ularni turli tanlovlarga tayyorlash bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Itidorli talabalar “Ustoz-shogird” tizimi asosida ustozlarga biriktirilgan. Bundan tashqari, “Izlanish” klubi faoliyatini alohida ta’kidlash joiz. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshida tashkil qilingan mazkur klubga 100ga yaqin talaba qamrab olingan bo‘lib, talabalar tajribali ustozlar rahbarligida ilmiy faoliyatga yo‘naltiriladi. Klub faoliyati natijasi sifatida “Izlanish” ilmiy maqolalar to‘plami nashr etib kelinmoqda. Hozirgacha “Izlanish”ning 12ta kitobi nashr qilindi. Shu bilan birga, fakultet talabalari turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ham faol ishtirok etib kelishmoqda. 2012-2013 o‘quv yilida Sohiba Bobonazarova (ilmiy rahbar – M.Saparniyozova) Navoiy nomidagi davlat stipendiyati, 2013-2014 o‘quv yilida Nazokat Ahmedova (ilmiy rahbar – I.Yoqubov) Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldilar. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat Talabalarning o‘qishdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun “Zakovat”, “Quvnoqlar va zukkolar” “Eng ko‘p badiiy asar o‘qigan talaba”, “Ifodali o‘qish” kabi juda ko‘plab tadbirlar tashkil qilinadi. Bu borad fakultet “Kamolot” faollari ishlarini alohida ta’kidlash joiz. Fakultetning iqtidorli talabalari tashabbusi bilan fakultet nashri bo‘lgan “Biz va Siz” gazetasi chop etiladi. Gazetada talabalarning turli mavzudagi maqoalalari, ijod namunalari e’lon qilinadi. Jumladan, “Zamonaviylik milliylikka qarshimi yoxud qizlarga shim kiyish aybmi?” mavzudagi muammolar, “Mulohaza” rubrikasi ostida talabalarni qiynayotgan muammolardan biri ustoz va talaba munosabatlari, mobil telefonlaridan foydalanish odobi, so‘zlashuv, salomlashish madaniyati, ustozlar hayoti ibrat maktabi haqidagi ruknlar shular jumlasidandir. Fakultetda har oyda bir marta “Teatr kuni” joriy etilgan. Fakultet talabalari guruh murabbiylari, ustozlari bilan “Qirmizi olma”, “Chimildiq”, “Adib umri”, “Neksiya”, “Uch kunlik dunyo”, “Sohibqiron”, “Uvaysiy”, “Bevalar”, “Tortadurman jabrini”, Muqimiy nomli musiqali drama teatri sahnasida “Jaydari kelin”, “Baxtli bo‘l, dugonajon” musiqali dramalarni tomosha qildilar. Spektakldan so‘ng talabalar san’atkorlar bilan uchrashadilar, o‘z fikr-mulohazalarini bildiradilar, ko‘rilgan asar yuzasidan tahlil uyushtiradilar.
Fakultet jamoasi hamda talabalari Toshkent shahridagi 24-Mehribonlik uyini otaliqqa olganlar. Reja asosida u yerda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, tarbiyalanuvchi bolalarga homiylik qilish ishlarini yo‘lga qo‘yganlar.
Fakultet adabiyot bilan, san’at bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli juda ko‘plab tadbirlar – yozuvchi, shoirlar bilan uchrashuvlar, turli adabiy kechalar, bayram tadbirlari muntazam o‘tkazilib turiladi. Fakultetda faoliyat ko‘rsatayotgan “Chashma” to‘garagini alohida qayd etish lozim. H.G‘ulom, Shukrullo, Said Ahmad singari taniqli adiblar mazkur to‘garakning a’zolari bo‘lganlar. To‘grak faoliyati mahsuli sifatida Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ijodkor talabalarning “Yaprog‘ yozdi binafsha”, “Yoshlik ilhomlari”, “Beg‘araz havas tafti”, “Qaldirg‘och qanotida kelgan quvonchlar” nomli 4 ta to‘plami nashr qilindi.
Bundan tashqari, reja asosida odob-axloq, diniy ekstremizm va aqidaparastlik va uning zararli oqibatlari, XXI asr vabosi bo‘lmish terrorizm va unga qarshi kurash masalalariga oid suhbatlar, giyohvandlikka qarshi kurash, narkotik moddalar va uning kelajakka yetkazgan zararli oqibatlariga bag‘ishlangan “Barbod bo‘lgan umrlar”, “Zaharli tomchi” kabi turkum suhbatlar, meditsina va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Talabalarning darsdan bo‘sh paytlarini mazmunli o‘tkazish uchun fakultetda 7 ta to‘garak faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bular: “O‘zbek tilshunosligi”, “Yosh Navoiyxonlar”, “Ifodali o‘qish”, “Yosh metodist”, “Fors tili va adabiyoti”, “O‘zbek tilini o‘rganamiz”, “Edabiyot jene oner”. Shu bilan birga, talabalarning “Bo‘ydoqlar” deb nomlangan guruhi faoliyat olib boradi, ular har oyda bir marta talabalar huzurida teatrlashtirilgan tomoshasi bilan o‘z iste’dodlarini namoyish qilib kelmoqda. HAMKORLIK UFQLARI Fakultet kafedralari O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, Termiz davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Guliston davlat universiteti bilan ilmiy – metodik ishlarda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan. Shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi tayyorlaydigan 4ta turdosh OTM – NavoiyDPI, Qo‘qonDPI, NukusDPI va JizzaxDPIlar uchun tayanch sifatida faoliyat ko‘rsatib keladi. Shu bilan birga, Kafedralar kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni takomillashtirish va ta’limda uzviylik va izchillikni ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent Bank kolleji, TDPU qoshidagi akademik litsey, Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 16-umumta’lim maktabi, TDSHI qoshidagi Yunusobod akademik litseyi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1935 yilda tashkil etilgan. Fakultet dastlab O‘zbek tili va adabiyoti (1950) fakulteti deb nomlangan, keyin esa tarix fakulteti bilan birlashtirilishi munosabati bilan Tarix - filologiya fakulteti, 1968 yildan e’tiboran esa Filologiya fakulteti deb yuritila boshlangan. 1976 yilda Filologiya fakulteti negizida O‘zbek hamda qozoq filologiyasi, Rus va tatar filologiyasi fakultetlari tashkil etilgan. Fakultetga asos solingan kundan boshlab, respublika maktablari uchun o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti (1953), tatar tili va adabiyoti (1968), milliy maktablarda rus tili (1971), rus maktablarida o‘zbek tili (1972-1981) mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlangan. Hozirgi paytda esa fakultet ¬Respublika umumta’lim maktablari, ¬akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘zbek tili va adabiyoti hamda qozoq tili va adabiyoti o‘qituvchilari tayyorlanmoqda. Fakultet tashkil qilinganidan beri turli yillarda N.Kalishtanov, T.Venediktov, K.D.Dramatovich, T.X.Salimov, Sh.M.Abdullaeva, M.U.Umarov, A.K.Qayumov, A.Sa’diev, H.Bekmuhamedov, A.Shermatov, M.Ahmadboeva, N.Mahmudov, I.Yo‘ldashev, B.To‘xlievlar fakultetda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoniga rahbarlik qilishdi. O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida turli yillarda respublikamizning mashhur tilshunos, adabiyotshunos, sharqshunos olimlaridan O.Sharafuddinov, G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, N.Mallaev, M.Bekbergenov, H.Sulaymon, A.Shermatov, A.Boboxonov, M.Shayxzoda, O‘.Rashid, A.Alimuhamedov, P.Shermuhamedov, T.Aydarov, S.Usmonov, X.Xamidov singari mashhur adabiyotshunos-tilshunos olimlar faoliyat olib bordilar. Shuningdek, jahonga mashhur turkologlar Aleksandr Konstantinovich Borovkov hamda Viktor Vasilivech Reshitovlar o‘zbek tili morfologiyasi, o‘zbek tili tarixi hamda dialektologiyasidan; mashhur manbashunos, fanimiz darg‘asi, zamonamiz allomasi Hamid Sulaymon o‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslikdan talabalarga saboq berishgan. Fakultet talabalari orasidan adabiyot sohasiga juda katta hissa qo‘shgan ijodkorlar Zulfiya, Hamid G‘ulom, Shuhrat, ¬Mamarasul Boboev, Mirmuhsin, Shukrullo, Zulfiya, Po‘lat Mo‘min, Vosit Sa’dulla, ¬Zafar Diyor, Said Ahmad, Hakim Nazir, ¬Turob To‘la, O‘ktam Usmonov, Xayriddin Saloh, Yusuf Shomansur, Nizom Komil ¬singari shoir va adib yetishib chiqganlar. Bugungi kunda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida O‘zbek tilshunosligi, Umumiy tilshunoslik, O‘zbek adabiyoti, O‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi, Qozoq tili va adabiyoti kafedralari -faoliyat olib bormoqda. Fakultetda 10 nafar fan doktori, professor, 29 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 23 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar O‘zbek tili va adabiyoti hamda Qozoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti Misr Arab Respublikasining Helvan universiteti, Eron Islom Respublikasining Mash¬had universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Abay ¬nomidagi milliy pedagogika universiteti va Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Mazkur fakultet 1973 yil O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 330-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan bo‘lib, to 1998 yilgacha xalq ta’limi tizimi rahbar xodimlarini va respublikadagi pedagogika oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish faoliyatini olib borgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar ¬Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi ¬«Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida» gi 77-qaroriga -asosan Nizomiy nomli Toshkent davlat ¬pedagogika institutiga universitet maqomining berilishi munosabati bilan fakultet oldiga ham yangi vazifa, ya’ni yangidan ¬tashkil qilinayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari umumta’lim fanlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish vazifasi qo‘yilgan. 2007 yil may oyidan boshlab O‘rta ¬maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2007 yil 22 martdagi ¬«Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash ¬rejasi to‘g‘risida»gi 58-sonli va universitet rektorining 2007 yil 25 apreldagi ¬«Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi malaka¬ oshirish va qayta tayyorlash Markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi 165–U buyruqlariga asosan malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazi tarkibidagi Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglarining ¬malakasini oshirish kursi deb yuritilgan. 2013 yildan yana O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash ¬fakultetiga aylantirilgan. Fakultet tomonidan 1973 yildan 1998 yilga qadar 20 mingdan ortiq xalq ta’limi tizimi rahbar xodimlari hamda pedagogika ¬institutlarining 2500 dan ortiq professor-o‘qituvchilarining malakasi oshirilgan bo‘lsa, 1998 yildan to 2014 yilga qadar 30 mingdan ortiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ¬ta’limi muassasalarining umumta’lim fanlari o‘qituvchilarining malakasi oshirilgan. Malaka oshirish kursida o‘tgan o‘quv yillarida professor-o‘qituvchilardan akademik S.Rajabov, professorlar K.Yusupov, ¬K.Hoshimov, A.Maxsumov, A.G‘afurov, ¬Z.Mirtursunov, U.Yo‘ldoshev, M.Vohidov, S.Shermuhammedov, J.Yo‘ldoshev, Yu.Yo‘ldoshev, N.Muslimov, B.Mirzahmedov, M.Mamadazimov, O‘.Toshmetov, S.Sodiqov, A.Agronyan, M.Davletshin, J.Hasanboev, N.Azizxo‘jaeva, O.Musurmonova, J.Ikramov, N.Mahmudov, O.Karimova, I.Tursunov, F.Yuzlikaev, R.Isyanov, fan nomzodlari, dotsentlardan A.Ashirboev, G.Sharipova, E.Shainskaya M.Mirqosimov, R.Boqiev, ¬M.Mamarajapov, D.Yunusova, T.Jo‘raev, S.Fayzullaev, ¬Z.Kudasheva, R.Boqiev, ¬T.Rizaev, M.Ahmedova, A.Tojiev, M.Bekjanova, M.Nishonov, M.Dadajonov, U.Mahkamov, X.Abdullaev, Ye.Shain, S.Madyarova, Q.Ergashev, A.Akopyan, ¬Yu.Kaplun, Ye.Chevrenidi, N.Timoshenko, N.Pavlova, S.Timurova, I.Mannopovalar dars berishgan. Fakultetda 2011 yildan boshlab nopedagogik oliy o‘quv yurtlarini bitirib, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar uchun pedagogik qayta tayyorlash kursi tashkil etilgan. Bugungi kunda fakultetda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining buyurtmasiga asosan har bir o‘quv yilida 2000 tadan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining malakasi oshirilmoqda va 400 ga yaqin o‘qituvchilar pedagogik qayta tayyorlash kursida tahsil olishmoqda.