Universitet qoshidagi ALda o’quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish yuzasidan suxbat bo`lib o`tdi

18 fevral kuni universitet qoshidagi ALda o’quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish yuzasidan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to’g’risidagi universitet rektorining 2014 yil 13 fevraldagi 70-U sonli buyrug’ining mazmun-mohiyati bilan akademik litsey rahbar-xodimlari va o’qituvchilarini yaqindan tanishtirish maqsadida suhbat o’tkazildi.

Tafsilot

Qisqacha

Batafsil

18 fevral kuni universitet qoshidagi ALda o’quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish yuzasidan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to’g’risidagi universitet rektorining 2014 yil 13 fevraldagi 70-U sonli buyrug’ining mazmun-mohiyati bilan akademik litsey rahbar-xodimlari va o’qituvchilarini yaqindan tanishtirish maqsadida suhbat o’tkazildi. Suhbatda AL va KHKlari bilan hamkorlik ishlari bo’yicha prorektor SH.Zufarov universitet qoshidagi akademik litseyda boshqaruv faoliyati tizimi, ta`lim sifati va samaradorligi, moddiy-texnik bazasi (AKT, ARM) hamda o’quv-tarbiya ishlari, laboratoriya mashg’ulotlarining tashkil etilishi, kafedralar faoliyati va samaradorligini oshirish maqsadida akademik litsey rahbar-xodimlari va o’qituvchilari universitet rahbar-xodimlari va kafedra professor-o’qituvchilariga “Ustoz-shogird” an`anasini davomi sifatida biriktirilganini aytdi. Akademik litseyga amaliy uslubiy yordam ko’rsatish yuzasidan universitet rahbar-xodimlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda universitet qoshidagi akademik litseyga amaliy uslubiy yordam ko’rsatish yuzasidan universitet kafedra professor-o’qituvchilari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida yaratilgan dasturlar bilan tanishtirdi.