“Ta’limdagi mening tashabbusim” tanlovi g`oliblari

2012 yil 16 mart kuni universitetimizda universitet rektori tomonidan tasdiqlangan “Ta’limdagi mening tashabbusim” tanlovi Nizomiga asosan iqtidorli talabalarni qо‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning ilmiy-tadqiqot, ijodiyot va bunyodkorlik faoliyatini universitet miqyosida yoyish maqsadida talabalar о‘rtasida “Ta’limdagi mening tashabbusim” tanlovi bо‘lib о‘tdi. Fakultetlardan jami 20 nafar talaba universitetning yakuniy bosqichida о‘zlarining qiziqarli loyihalari bilan ishtirok etdilar. Ishtirok etgan talabalr orasida о‘zlarining yangi qiziqarli g‘oyalarini namoyon etib, faol qatnashgan quyidagi talabalar faxrli о‘rinlarni egalladilar va universitet rahbariyati tomonidan pul mukofotlari, diplomlar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. 1 – о‘rin – Salaxitdinova Dinara – musiqiy ta’lim yо‘nalishi 1-kurs magistranti (eng minimal stipendiyaning 5 barobari); 2 – о‘rin – Axrorova Taxmina – boshlang‘ich ta’lim fakulteti 2-kurs talabasi (eng minimal stipendiyaning 4 barobari); 3 – о‘rin – Kadirov Zoid – kasb ta’limi fakulteti 3-kurs talabasi (eng minimal stipendiyaning 3 barobari). Qolgan talabalarga moddiy rag‘batlantirilib, faxriy yorliqlar topshirildi.