Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi

Kafedra: Maktabgacha ta’lim

О‘quv yili: 2012-2013

Magistratura talabasi: Ismoilova Muxa rram

Ilmiy rahbar: p.f.n., dots. SH.A.Sodiqova

Mutaxassisligi: Maktabgacha ta’lim

Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari

mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi

ANNOTATSIYASI

Mavzuning dolzarbligi. Pedagogika kolleji о ‘quvchilarida ijodiy qobiliyatning namoyon b о ‘lishi ular tomonidani kasbiy faoliyatni samarali y о ‘lga q о ‘yish . Ijodiy qobiliyatli о‘quvchilarni ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayoni asosida tashkil etish. Shuningdek, о‘quvchilarni ta’lim jarayonida faol ishtirok etishga, ma’naviy-tarbiyaviy tadbirlarda ixtiyoriy qatnashishga, о‘z imkoniyatlarini namoyon etishga erishish. xizmat qiladi.

Tadqiqot maqsadi: Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarining pedagogik asoslarini ishlab chiqish.

Tadqiqotning vazifalari:

1. Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarining nazariya va amaliyotdagi holatini о‘rganish, bu borada samaraga erishishga yordam beruvchi omillar va pedagogik shart- sharoitlarni aniqlash. 2. Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalariningnazariy asoslari (mazmuni, tamoyillari, bosqichlari, andozasi, muammolari mohiyatini yorituvchi qarashlarni) ishlab chiqish. 3. Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari jarayonining mohiyatini aks ettiruvchi modelni hamda о‘kuvchilar ijodiy qobiliyatining yanada rivojlanganlik darajasini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish. 4. Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarining tashkiliy – texnologik asoslari (muhim omillari, shart-sharoitlari, texnologik jarayoni, shakl, metod va vositalarini) asoslash

5. Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga oid amaliy – metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

Tadqiqot obyekti: Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni.

Tadqiqot predmeti: Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarining mazmuni, shakl, metod va vositalari.

Tadqiqot metodlari: siyosiy, falsafiy, tarixiy, etnografik, pedagogik, psixologik, huquqshunoslik va madaniyatga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni qiyosiy-tanqidiy о‘rganish; tahlil qilish; pedagogik kuzatuv; sotsiometrik (suhbat, anketa, test, intervyu); tajriba-sinov natijalarni umumlashtirish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi О‘zbekiston Respublikasi Ta’lim tо‘g‘risidagi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tadqiq etildi. Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari (mazmuni, tamoyillari, bosqichlari, modeli, muammolari mohiyatini yorituvchi qarashlar) ishlab chiqildi. Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning tashkiliy texnologik asoslari (muhim omillari, shart-sharoitlari, texnologik jarayoni, shakl, metod va vositalari) asoslandi. Pedagogika kolleji о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonining moxiyatini yorituvchi model hamda о‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlanganlik darajasini belgilovchi mezonlar ishlab chiqildi.

Tadqiqot natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot g‘oyalari va natijalaridan kasb-hunar kollejlari, shu jumladan. Pedagogik yо‘nalishda faoliyat olib boruvchi akademik litsey va pedagogika kollejlari, pedagoglarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari, yangi turdagi ixtisoslashtirilgan MTM va umumta’lim maktablari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, ushbu ta’lim muassasasalari uchun mо‘ljallangan pedagogik turkumdagi fanlar bо‘yicha darslik, qо‘llanma va ma’ruzalar matnlarini tayyorlashda foydalanish mumkin.

Ishning sinovdan о‘tganligi: dissertatsiya materiallari, tajriba-sinov ishlari, ilmiy xulosalar va respublikamizdagi ilmiy-nazariy konferensiyalarda ishtirok etib ma’ruzalar qilinadi va mutaxassislar tomonidan ijobiy baholandi. Shuningdek, Toshkent shari Uchtepa tumani “Lola” nomli № 436 MTMda tajriba sinovdan о‘tkaziladi.

Tadqiqotning tuzilishi va hajmi: dissertatsiya kirish, uch bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yhati hamda ilovalardan iborat.