”Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mexnat ta’limi darslarida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish texnalogiyasi” nomli magistrlik dissertasi

Kafedra: Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi

O’quv yili : 2012-2013

Magistranti: Nosirova Malika SHavkatovna

Ilmiy rahbar : ped.f.,dots. X.Sanakulov

”Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mexnat ta’limi darslarida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish texnalogiyasi.” nomli

MAGISTRLIK DISSERTASIYAGA ANNOTASIYA

Tadqiqot ishning - maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy faoliyatga o’rgatishda mexnat darslarida didaktik o’yinlardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash.

Tadqiqot ishning- ob’ekti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarni ijodiy faoliyatga o’rgatishda didaktik o’yinlardan foydalanish jarayoni .

Tadqiqot ishning - predmeti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarni ijodiy faoliyatga o’rgatishda didaktik o’yinlardan foydalanishning usul vositalari .

Tadqiqot ishning ishning vazifalari:

1. Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarni ijodiy faoliyatga o’rgatishda didaktik o’yinlardan foydalanishning mavjud holatini o’rganish.

2 .Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarni ijodiy faoliyatga o’rgatishda didaktik o’yinlardan foydalanish omillarini aniqlash.

3 .Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarni ijodiy faoliyatga o’rgatishda didaktik o’yinlardan foydalanishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni belgilash.

4 .Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarda ijodiy faoliyatga o’rgatishda didaktik o’yinlardan foydalanishga yo’naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularning samaradorligini aniqlash.

Tadqiqotning nazariy ahamiyati:

-boshlang’ich sinf o’quvchilari intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash;

- boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilimlarni o’zlari mustaqil tashkil etish asosida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish shakllari va metodlarini nazariy asoslash;

- boshlang’ich sinf o’quvchilari intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasining nazariy asoslarini yaratishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanib darslar o’tkazilsa, mexnat darslarining samaradorligi oshadi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Boshlang’ich sinf o’quvchilarida intellektual qobiliyatni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ishlab chiqilgan metodikadan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.

Kutilayotgan natijalar va muammo yechimlari

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida intellektual qobiliyatni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni nazariy asoslari ochib beriladi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida intellektual qobiliyatni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi ishlab chiqiladi.