"Bо`lajak boshlang`ich sinf о`qituvchilarida kasbiy sifatlarni shakllantirishga aksiologik yondoshuv" nomli magistrlik dissertatsiyasi

Kafedra: «Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi»

О‘quv yili : 2012 2013 yil

Magistrant : Saparova Umida Baxromovna

Ilmiy rahbar: p.f.n., dotsent D. Abduraximova

« Bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarida kasbiy sifatlarni shakllantirishga aksiologik yondoshuv » nomli

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA A NN OTATSIYASI

Mavzuning dolzarbligi. Pedagogik mahorat tug‘ma talant yoki nasldan-naslga о‘tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma о‘qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir о‘qituvchining о‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Bu jarayonda ilg‘or о‘qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa о‘qituvchi о‘rganishi, undan ijodiy foydalanishi va о‘z faoliyatini ilg‘or tajribalar bilan boyitishi zarur. Zamonaviy ta’limni milliy qadriyatlarimizga asoslanib yuksak darajada egallashda, dastlab о‘qituvchilik kasbining vujudga kelishi, uning tarixiy ildizlari va uning aksiologiyadagi roliga diqqatni qaratishimiz zarurdir.

Tadqiqot maqsadi: pedagogika kollejlarida bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarida kasbiy sifatlarni shakllantirishga aksiologik yondoshuv ni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini о‘rganish orqali nazariy asoslarini yaratish hamda ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

Tadqiqot vazifalari:

Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, psixologik manbalarni tahlil qilish orqali muammoning dolzarb pedagogik ahamiyatga ega ekanligini asoslash.

pedagogika kollejlarida bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarida kasbiy sifatlarni shakllantirishga aksiologik yondoshuvni shakllantirishning mavjud ahvolini pedagogik nuqtai nazardan baholash.

Pedagogika kollejlarida b о‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarida kasbiy sifatlarni shakllantirishga aksiologik yondo shuvni shakllantirishning xususiyatlarini ijtimoiy-psixologik jihatdan о‘rganish.

Pedagogika kollejlarida bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarida shakllantirishga oid metodikaning samaradorlik darajasini aniqlash negizida ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

Tadqiqot obyekti: pedagogika kollejlari talabalarida kasbiy sifatlarni shakllantirishga aksiologik yondoshuvni shakllantirish jarayoni.

Tadqiqot predmeti: pedagogika kollejlari talabalarida kasbiy sifatlarni shakllantirishga aksiologik yondoshuvni shakllantirishning mazmuni, о‘ziga xos xususiyatlari, muhim bosqichlari, shakl, metod va vositalari.

Tadqiqotning ilmiy farazi:

Mavzuga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, psixologik manbalar va pedagogika kollejlari amaliyotini tahlil qilish orqali muammoning dolzarb pedagogik ahamiyatga ega ekanligi asoslansa;

pedagogika kollejlari talabalarida kasbiy sifatlarni shakllantirishga aksiologik yon doshuvni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, о‘qituvchilik kasbini egallashga tarixiy yondashuv mazmuni о‘rganilib, jarayon samaradorligini ta’milovchi imkoniyatlar aniqlansa;

pedagogika kollejlari talabalarida kasbiy sifatlarni shakllantirishga aksiologik yondoshuv ni shakllantirishning mazmuni, shakl, metod va vositalarini asoslash, shuningdek, tavsiya etilgan maxsus metodikaning samaradorlik darajasini aniqlash orqali ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa.