“Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuv” nomli magistrlik dissertatsiyasi

Kafedra :“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi” О‘quv yili : 2012 -2013

Magistrant: Abdurazzoqov О‘ktam Abduqayumovich Ilmiy rahbar: p.f.d.,prof. R.A.Mavlonova Mutaxassisligi: 5A111701 Boshlang‘ich talim

“Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda innova ts ion yondashuv” nomli

MAGISTRLIK DISSERTATSIYAS IGA ANNOTATSIYAS I

Mavzuning dolzarbligi: Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yurtimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq Vatan, vatanparvarlik, millat, millatparvarlik masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bugungi yoshlarning ongida yangicha fikrlash, milliy tafakkur, milliy mafkuraviy qarashlar, ma’naviy axloqiy xislatlarni, milliy g‘ururni shakllantirish tarbiyada bosh mezon sanaladi. Buni har bir ota-ona farzand tarbiyasida tо‘g‘ri anglashi kerak. Shunday ekan, jamiyatimiz, davlatimiz hayotida о‘ta muhim bо‘lgan, barchamizning ertangi kunimizni, kelajagimizni belgilab beradigan Vatanga e’tiqod, milliy munosabat madaniyatni yoshlarimizda shakllantirish dolzarb masala ekanligini yoddan chiqarmasligimiz lozim. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitoblarida: «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bо‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq»; “Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bо‘lishi lozim ”.

Tadqiqot maqsadi: Boshlang‘ich ta’limda boshlan g‘ ich sinf о‘quvchilarini fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot vazifalari :

– Mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbalarni о‘rganish asosida

boshlang‘ich ta’lim о‘quv faoliyatini texnologiyalashtirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy jihatdan asoslash.

– Boshlang‘ich ta’limda bolani fikrlashga о‘rgatishning mavjud holatini о‘rganish.

– Boshlang‘ich ta’limda fanlarni о‘qitish jarayonida innovats ion

texnologiyalardan foydalanish mazmuni va yо‘llarini ilmiy jihatdan asoslash.

Tadqiqot obyekti: Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirishni tatbiq etish jarayoni.

Tadqiqot predmeti: Boshlang‘ich ta’limda fanlarni о‘qitishda innovats iyani tatbiq etish jarayonining mazmuni shakl va metodlari.

Tadqiqotning ilmiy farazi: Boshlang‘ich ta’limda fanlarni о‘qitishda innovats ion texnologiyalarni tatbiq etish imkoniyatlari о‘rganilsa; boshlang‘ich ta’lim о‘quv faoliyati innovats ion texnologiyalarga tayanilgan holda amalga oshirilsa; boshlang‘ich ta’lim о‘quv faoliyatida qо‘llaniladigan ta’lim vositalarining mazmuniga innovats ion texnologiya elementlari singdirilsa, b oshlang‘ich ta’limda fanlarni о‘qitish samaradorligi ortadi.

Tadqiqot metodlari: Ilmiy adabiyotlar va meyoriy, о‘quv-dasturiy hujjatlarni nazariy tahlil qilish, о‘quv jarayonini pedagogik kuzatish, anketa, savol-javob, sо‘rovnoma, test, eksperiment (tajriba-sinov).

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

- Innovats ion yondashuvda og‘zaki, kо‘rgazmali va amaliy metodlarning о‘zaro bog‘liqligini ochib berish;

- Darslarda pedagogik innovats ion metodlarini tanlash buyicha tavsiyalar berish;

- Innovats ion yondashuv orqali darsni tashkil etish buyicha uslubiy tavsiya berish va boshlang‘ich sinf ona tilidarslarida pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish metodikasini ishlab chikish.