“Yuzlik mavzusini о‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish metodikasi”nomli magistrlik dissertatsiyasi

Kafedra :“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”О‘quv yili: 2012 -2013

Magistrant: Inamova Indira Valijonovna

Ilmiy rahbar : p.f.d.prof Abdullayeva B.S.

Mutaxassisligi: 5A111701 Boshlang‘ich talim

“Yuzlik mavzusini о‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyal ar idan foydalanish metodikasi nomli

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA ANNOTATSIYASI

Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz I. A. Karimov о‘z asarlarida “Yoshlar uchun ular chin inson, о‘z diyorimiz, о‘z mamlakatning chinakam vatanparvarlari bо‘lib о‘sishlari uchun faol kurashmog‘imiz lozim”- deb ta’kidlaganlar. Shuning uchun biz yoshlarni tarbiyalashda boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarining ma’suliyatiga yuklatilganligini aytishimiz darkor. Magistrlik dissertatsiya ishi mavzusini “ Yuz lik” mavzusini о‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi deb nomladik.

Ishning maqsadi: umumiy о‘rta ta’lim maktablari 2 - sinf uchun “ Yuz lik” mavzusini о‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish

Ishning vazifalari :

1 . pedagogik texnologiya nazariyasining umumiy asoslari , ya’ni pedagogik texnologiya haqida tushuncha, boshlang‘ich ta’lim tizimiga pedagogik texnologiyalarni joriy etishni о‘rganish.

2. “ Yuz lik” mavzusini о‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi, ya’ni minglik mavzusini о‘qitish, yuzasida sonlarni nomerlashni о‘rganish yuzasida qо‘shish va ayirishni о‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, yuzisida kо‘paytirish va bо‘lishni о‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasini о‘rganib, dars ishlanmalar ishlab chiqish.

Tadqiqot obyekti: umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 2-sinflarida о‘qitish jarayoni.

Tadqiqot predmeti : 2 -sinf matematika darslarida “ Yuz lik” mavzusini о‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishn i uslubiy asoslari.

Tadqiqotning nazariy ahamiyati: yuzlik mavzusini о‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyal ar idan foydalanish metodikasi nazariy asoslarini yaratishdan iborat.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Ikkinchi sinf о‘quvchilarida yuzlik mavzusini о‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyal ar idan foydalanish metodikasi bо‘yicha ishlab chiqilgan metodikadan bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.