“Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish” nomli magistrlik dissertatsiyasi

Kafedra :“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi ”

О‘quv yili: 2012- 2013

Magistrant: Nurmatova Shalola Ibrohimovna

Ilmiy rahbar: ped.f.,dots N.M Muhitdinova

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish” nomli

MAGISTRLIK DISSERTATSIYAS IGA A NN OTATSIYAS I

Tadqiqotning dolzarbligi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Barkamol avlod yili” davlat dasturi tо‘g‘risidagi Qarorida mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini rо‘yobga chiqarish bо‘yicha quyidagi dolzarb vazifalar belgilangan: “....ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va Oliy о‘quv yurtlarida о‘qitish sifatini tubdan yaxshilashning samarali tizimini yanada rivojlantirish” kо‘zda tutilgan.

Tadqiqot maqsadi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish.

Tadqiqot vazifalari:

1. Matematika о‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlantirishning hozirgi kundagi nazariy va amaliy holatini tahlil qilish.

2. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida intellektual qobiliyatni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

3. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida intellektual qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik sharoitlarini aniqlash.

Tadqiqot obyekti . Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarning о‘qitish jarayoni.

Tadqiqot predmeti. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini о‘qitishning turli shakl va metodlari vositasida intellektual qobiliyatlarining rivojlanishini ta’minlash.

Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash shakllari va metodlarini nazariy asoslash.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida intellektual qobiliyatni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bо‘yicha ishlab chiqilgan metodikadan bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.