"Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi" nomli magistrlik dissertatsiyasi

Kafedra: «Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar Metodikasi»

О‘quv yili : 2012 - 2013 yil

Magistrant : Tojiyeva Gulba h or Shuhratovna

Ilmiy rahbar: p.f.n., dotsent D. Abduraximova

Mutaxassisligi: 5A 111701 Boshlang‘ich ta’lim

«Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi» nomli

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA ANNOTATSIYA

Mavzuning dolzarbligi. Bizning davrimizda ta’limiy qadriyatlar, ularning tabiati, funksiyalari, о‘zaro aloqadorligi haqidagi pedagogikaning yangi sohasi- pedagogik aksiologiya rivojlanib bormoqda . Chunki zamonaviy jamiyat ta’limni о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini egallashining maqsadga yо‘naltirilgan jarayoni va natijasi sifati tushunishdan uzoqlashdi. Zamonaviy ta’limni milliy qadriyatlarimizga asoslanib yuksak darajada egallashda, dastlab о‘qituvchilik kasbining vujudga kelishi, uning tarixiy ildizlari va uning aksiologiyadagi roliga diqqatni qaratishimiz zarurdir.

Tadqiqot maqsadi: pedagogika aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining pedagogik shart-sharoitlarini о‘rganish orqali nazariy asoslarini yaratish hamda ilmiy- metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

Tadqiqot vazifalari:

Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, psixologik manbalarni tahlil qilish orqali muammoning dolzarb pedagogik ahamiyatga ega ekanligini asoslash.

pedagogika aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining mavjud axvolini pedagogik nuqtai nazardan baholash.

Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining xususiyatlarini ijtimoiy-psixologik jihatdan о‘rganish.

Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining mazmunini tahlil qilish negizi asosida boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarida shaxs xulq-atvorini о‘rganishning aksiologik imkoniyatlarini aniqlash.

Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasiga oid metodikaning samaradorlik darajasini aniqlash negizida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot obyekti: pedagogika aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish jarayoni .

Tadqiqot predmeti: Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining mazmuni, о‘ziga xos xususiyatlari, muhim bosqichlari, shakl, metod va vositalari

Tadqiqotning ilmiy farazi:

Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasiga tarixiy yondashuv mazmuni о‘rganilib, jarayon samaradorligini ta’minlovchi imkoniyatlar aniqlansa;

Mavzuga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, psixologik manbalar va pedagogika kollejlari amaliyotini tahlil qilish orqali muammoning dolzarb pedagogik ahamiyatga ega ekanligi asoslansa;

Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqilsa;

Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining mazmuni, shakl, metod va vositalarini asoslash, shuningdek, tavsiya etilgan maxsus metodikaning samaradorlik darajasini aniqlash orqali ilmiy- metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa.