“Boshlang‘ich ta’limga integratsion yondashuv texnologiyasi” magistrlik dissertatsiyasi

Kafedra :“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”О‘quv yili: 2012 -2013

Magistrant: Shorustamova Dildora

Ilmiy rahbar p.f.n., dotsent v.b N.Vohidova

Mutaxassislik : 5A111701 Boshlang‘ichta’lim

“Boshlang‘ich ta’limga integratsion yondashuv texnologiyasi

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA A NN OTATSIYASI

Mavzuning dolzarbligi Ta’limning hozirgi zamon fan – texnika taraqqiyoti, bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bilan uzviy hamkorlikda rivojlanishi zarurligi “Kadrlar tayyorlash milliy chiqarish dasturi”da ham ahamiyatli g‘oyalardan biridir. Shuning uchun ham ta’limni rivojlantirishda integratsiyadan unumli foydalanish dolzarbligi muhim vazifaga aylanmoqda.

Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich ta’limga integratsion yondashuv texnologiyasini yaratish hamda amaliyotga joriy etish.

Tadqiqot vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

Muammoni nazariy va amaliy jihatdan о‘rganish Boshlang‘ich ta’limga integratsion yondashuv texnologiyasini yaratish. Boshlang‘ich ta’limga integratsion yondashuv texnologiyasining samaradorlik natijasini aniqlash. Tegishli metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot obyekti: boshlang‘ich ta’limga integratsion yondashuv jarayoni.

Tadqiqot predmeti: boshlang‘ich ta’limga integratsion yondashuvning mazmuni, vositalari, shakl va metodlari.

Tadqiqot metodlari: mavzuga doir falsafiy, psixologik, pedagogik adabiyotlarni о‘rganish, maktab о‘quv metodik hujjatlarini, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tahlil etish, kuzatish, suhbat, umumlashtirish, sо‘rovnomalar hamda tajriba-sinov ishlarini о‘tkazish, matematik-statistika

Ishning ilmiy yangiligi: Boshlang‘ich ta’limga integratsionyondashuv texnologiyasi yaratiladi. Boshlang‘ich ta’limga integratsion yondashuv texnologiyasining samaradorlik darajasini aniqlanadi. Tegishli metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Tadqiqotning ilmiy farazi . Agar: boshlang‘ich ta’limga integratsion yondashuvning yaxlit pedagogik tizimi ishlab chiqilsa; boshlang‘ich ta’limga integratsion yondashuvning texnologiyasi yaratilsa ta’lim jarayonida samaradorlikka erishish mumkin.

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, uch bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan iborat.