O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi

“O‘zbek adabiyoti” kafedrasi 1935 yili universitet (institut) bilan bir vaqtda tashkil etilgan. Ushbu kafedra ham bugun o‘zining 80 yillik tarixiga ega. Kafedraning tarixi respublikadagi iste’dodli adabiyotshunos olimlarning ilmiy-ijodiy, ilmiy-pedagogik faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Kafedra tashkil topgan yillari bu yerda Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy kabi ilm-fan fidoyilari, katta ustoz olimlar talabalarga saboq berishni boshladilar.

1960-yillarning o‘rtalaridan 2011 yilgacha “O‘zbek klassik adabiyoti” va “Hozirgi o‘zbek adabiyoti” nomi bilan ikki mustaqil kafedra sifatida ish olib borgan. Ushbu kafedralar Respublikadagi adabiyotshunoslikning muhim ilmiy-adabiy markazlaridan biriga aylandi, bu yerda yetuk adabiyotshunos olimlar faoliyat yuritdilar. Jumladan, Olim Sharafiddinov, V.Y.Zohidov, Maqsud Shayxzoda, Hakimjon Homidiy, Hamid Sulaymon, Natan Mallaev, To‘xta Boboev singari samarali ilmiy-pedagogik faoliyat ko‘rsatgan. Oltmishinchi yillarda kafedrada mashhur shoir, dramaturg, adabiyotshunos olim Maqsud Shayxzoda hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Hamid Sulaymon faoliyat ko‘rsatganlar. Bu kafedralar faoliyat ko‘rsatgan vaqt mobaynida Olim Sharafiddinov, V.Y.Zohidov, Maqsud Shayxzoda, Natan Mallaev singari fan fidoyilari, Sharifa Abdullaeva, Hakimjon Homidiy, To‘xta Boboev, Hamidjon Homidiy, Qurdosh Qahramonov, Safo Matchonov, Marg‘uba Mirqosimova, Tohir .Shermurodov, Tozagul Matyoqubova va boshqa professor va dotsentlar rahbarlik qilib keldilar. Bugungi kunda dotsent Karomat Mullaxo‘jaeva kafedrani boshqarib kelmoqda. Umrining oxirigacha shu dargohda ishlagan Maqsud Shayxzodaning yuksak saviyadagi badiiy, ilmiy ijodidan tashqari, yuqori malakali ilmiy- pedagogik kadrlar tayyorlash sohasidagi xizmatlari ham diqqatga sazavordir. U «Chashma» adabiyot to‘garagi rahbari sifatida Hamid G‘ulom, Ramz Bobojon, Shukrullo, Shuhrat, Mirmuhsin, Hayriddin Saloh, Yusuf Shomansur kabi iste’dod egalariga ijod sirlaridan saboq bergan. 1968 yili kafedra qoshida professor Natan Murodovich Mallaev tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi o‘quv muzeyi tashkil etildi. Unda Respublikamizdagi noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlar ham saqlanadi. Bu yerda «Yosh navoiyxonlar» to‘garagi shu kungacha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1968 yildan buyon «Navoiyga armug‘on» to‘plami nashr etilgan. Bugunga kelib ushbu to‘plam muntazam ravishda nashr etilmoqda. O‘tgan asrning 80-yillarida dotsentlar Muhabbat Ahmadboeva, M.Amitova, Nafisa Karimova, Mahmuda Obidova, Marziya Qalandarova, professorlar G‘olima Musina, Asil Rashidov, Mamasoli Jumaboev kabi pedagog olimlarning izlanishlari bois ko‘plab qo‘llanma va darsliklar, adabiyotshunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan monografiya va to‘plamlar yaratildi. Kafedrada fan nomzodlari va doktorlar tayyorlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning professor-o‘qituvchilari respublika nashrlarida – jurnallar, gazetalarda ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari bilan muntazam qatnashib, radio va televidenieda o‘zbek adabiyotini targ‘ib etib kelmoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilari bugun ham o‘zbek adabiyoti va uni o‘qitishning ilmiy-nazariy masalalariga doir dastur, qo‘llanma va darsliklar yaratishda faol ishtirok etishmoqda. Kafedrada «Ma’naviyat sarchashmalari», «Poktiynat», «Epik she’riyat sultoni», «Jomiy va o‘zbek adabiyoti», «Ganjalik daho», “Buyuk shoir va mutafakkir”, «Olis-yaqin yulduzlar», «Qirq besh alloma hikoyati», «Ko‘hna sharq darg‘alari», «Avesto fayzlari», «Tasavvuf allomalari», “Obraz va talqin” “Iste’dod va mahorat”, “G‘afur G‘ulom badiiyati”, «Zamondoshimiz – adabiyotimiz qahramoni», “Poetik idrok va mahorat”, «O‘zbek she’r tuzilishi asoslarini o‘rganish», «Qofiya ilmi saboqlari», «Badiiy san’atlar», «Adabiyot nazariyasi asoslari», «Adabiyotshunoslik asoslari», “Hozirgi adabiy jarayon” “Badiiy-estetik so‘z sehri” kabi ilmiy maqolalar to‘plamlari, yirik monografiyalar, maqolalar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar chop etilgan. Kafedrada magistrlar va doktorantlar tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Ular adabiyotning dolzarb muammolari yuzasidan tadqiqotlar olib bormoqdalar. Kafedrada muntazam ravishda san’at va adabiyot namoyandalari bilan uchrashuvlar uyushtirib turiladi. Kafedra O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan doimiy ravishda hamkorlikda ish olib boradi. F.f.d., prof. Q.Qahramonov, f.f.n., dotsentlar T.Shermurodov, I.Yoqubov va boshqalar uyushma yig‘ilishlarida, yangi yozilgan asarlar muhokamalarida, taqdimotlarida qatnashib kelmoqdalar. Kafedrada muntazam ravishda san’at va adabiyot namoyandalari bilan uchrashuvlar uyushtirilib turiladi. Nosir Fozilov, Tursunboy Adashboev, Normurod Norqobilov, Umida Abduazimova, Dilshod Rajabov, Bobur Bobomurod, Anvar Obidjon, Halima Hudoyberdieva, Tohir Malik, Shoim Bo‘taev, Omon Matchon, Shukrullo, Abdulla Oripov, Po‘lat Mo‘min, G‘ofur Karim, Naim Karimov, Muhammad Ali, Erkin Samandar, Matyoqub Qo‘shjonov kabi yozuvchi, shoir va olimlar bilan o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvlar talabalarning adabiyotga yanada yaqinlashishlariga imkon beradi. Kafedra professor-o‘qituvchilari yuqori saviyali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bilan birga adabiyotshunoslikning eng muhim muammolariga tegishli ilmiy-tadqiqot ishlari yaratmoqdalar. 2015 yil iyun oyidan boshlab O‘zbek adabiyoti kafedrasi 1972 yili tashkil etilgan O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasining adabiyot bo‘limi bilan birlashtirilib, O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasiga aylantirildi. Bugungi kunda O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida quyidagi ilmiy-pedagog xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. 1. Karomat Mullaxo‘jaeva – kafedra mudiri, f.f.n. 2. Homidjon Xomidiy – prof., f. f. d. 3. Boqijon To‘xliev – prof., f.f.d. 4. Qurdosh Qahramonov – prof., f.f.d. 5. Marg‘uba Mirqosimova – prof., p. f. d. 6. Roza Niyozmetova –prof., p.f.d. 7. Tohir Shermurodov– dos., f.f.n. 8. Islomjon Yakubov – dos., f.f.n. 9. Shoira Isaeva – dos., f.f.n. 10. Gulnora Eshchanova dos., p.f.n. 11. Tozagul Matyoqubova– dos. , f.f.n. 12. Shahnoza Ergasheva – dos., f.f.n. 13. Gulbahor Ashurova – dos., f.f.n. 14. Gulnoza Jo‘raeva – dos., f.f.n. 15. Oydin Ametova – katta o‘qituvchi. 16. Vazira Ahmedova – katta o‘qituvchi. 17. Ozoda Tojiboeva – o‘qituvchi. 18. Mubora Omonova – o‘qituvchi. 19. Husnigul Jo‘raeva – o‘qituvchi. 20. Aziz Xolmonov – o‘qituvchi. 21. Nargiza To‘xtaeva – o‘qituvchi. 22. Hulkar Aliqulova – o‘qituvchi. 23. Feruza Azimova– o‘qituvchi. 24. Ilyos Ismoilov – o‘qituvchi. 25. Dilfuza To‘xlieva – o‘qituvchi. O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitishmetodikasi kafedrasida o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati: I. Bakalavriat bosqichida: 1. Adabiyot nazariyasi (adabiyotshunoslik asoslari, adabiyot nazariyasi, o‘zbek adabiy tanqidi tarixi). 2. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. 3. O‘zbek adabiyoti tarixi (mumtoz davr, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, bolalar adabiyoti). 4. O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi va adabiy jarayon. 5. O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi va texnologiyalari. 6. Jahon adabiyoti. 7. Tasavvuf va mumtoz poetika. 8. Mutolaa san’ati. 9. Klassik she’r o‘lchovi. II. Magistratura bosqichida: 1. Mumtoz adabiyotning asosiy yo‘nalishlari. 2. Adabiyotshunoslik tarixi. 3. Adabiyot nazariyasining ilmiy asoslari. 4. Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti. 5. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi. 6. Badiiy matn tahlili asoslari. O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasining hamkorlik faoliyati O‘zbek adabiyot kafedrasi O‘zbekiston Milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti kafedralari, O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti hamda Yozuvchilar Uyushmasi bilan hamkorlikda ish olib borish maqsadida shartnomalar imzolagan. Ayni paytda, Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi akademik litsey, Angren shahridagi akademik litsey va Toshkent shahar pedagogika kolleji bilan shartnoma asosida hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Kafedrada “Yosh navoiyxonlar”, “Chashma”, “Ifodali o‘qish” to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi.