Sobiq “Umumtexnika fanlari “kafedrasi

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng extiyojdan kelib chiqqan xolda tayyorlanayotgan kadrlar mutaxassisliklariga munosabat o’zgardi.

1960 yilning 1 sentyabrida fizika-matematika fakultetidan alohida injener - pedagoglar fakulteti bo’lib ajralib chiqqan va unga fizika - matematika fanlari nomzodi K.G. Abdurashitov rahbarlik qilgan.

[rasm] [/rasm]
Fakultet tashkil bo’lgan yili bitta maxsus "Mashinashunoslik va materiallar texnologiyasi" kafedrasi faoliyat ko’rsatgan. 1962 yil bu kafedra mustaqil ikkita kafedralarga bo’lingan: Ishlab chiqarish asoslari (kafedra mudiri dotsent M.T. Toirxodjaev) va Umumtexnika fanlari va mehnat (kafedra mudiri T.D.Boboev). 1964 - 1965 o’quv yillidan yangi ixtissoslik "Umumtexnika fanlari va mehnat”ga qo’shimcha "CHizmachilik" ochilgan. Lekin Respublikada tabiiy - matematika fanlari o’qituvchilariga bo’lgan extiyoj ko’payib borishi munosabati bilan 1965 yildan "Umumtexnika fanlari va mehnat" qo’shimcha fizika (muddati 5 yil) mutaxasisligi ochilgan. 1978 yilga qadar indstrial - pedagogika fakultetida ikkita "Ishlab chiqarish asoslari" va "Umumtexnika fanlari" kafedralar faoliyat ko’rsatgan. Umumtexnika fanlari kafedrasiga 1976 yillarda professor S.A.Yuldoshbekov, 1979 - 1996 dotsent B.Muxammedjanov, (Hozirgi kunda B.K.Muxamedsaidov) Umumta`lim maktablarida Elektrotexnika, radiotexnika va elektrotexnik mehnat ta`limini kuchaytirish uchun 1983 yilda "Elektrotexnika va radiotexnika" kafedrasi tashkil qilindi. Unga fizika - matematika fanlari nomzodi prof. M.G. Xaliulin boshchilik qildi va kafedraga yuqori malakali professor-o’qituvchilarini: A.G.Rasulmuxamedov, D.A. Rasulmuxamedova, dotsent SH.A. SHaripov, X.Rixsitillaev, dots. N.SH. Turdievlar taklif etildi. 1987 - 1991 yillarda dots. O’.SH. Gadaybaev kafedraga rahbarlik qildi. 1991 - 95 yillarda kafedra mudiri vazifasini dots. SH.A.SHaripov bajardi. Fakultetda ilmiy ishlarini va talabalarni mutaxassislik yo’nalishlarini chuqurlashtirish uchun, "Umumtexnika fanlari", "Elektrotexnika va radiotexnika" kafedralari birlashtirilib "Texnika fanlari kafedrasi" deb nomlandi. 1996 - 1999 yillar davomida professor S.A.Yo’ldashbekovlar,1999 -2011 yillarda professor B.K.Muxamedsaidov kafedra mudirligi vazifasini bajardilar. 2011 yildan hozirgi kungacha S.Y.Axmadaliev kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng extiyojdan kelib chiqqan xolda tayyorlanayotgan kadrlar mutaxassisliklariga munosabat o’zgardi. Ta`lim to’g`risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi munosabati bilan O’rta maxsus va kasb - hunar ta`limi ya`ni yangi bosqichdagi o’quv muassasalari joriy etilishi bilan ularga kadrlar tayyorlash extiyoji yanada ortib bordi. Respublikada o’rta maxsus, kasb - xunar ta`limiga kadrlar tayyorlashda kafedramiz professor – o’qituvchilari o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.