Umumiy matematika

Umumiy matematika kafedrasi Matematika o'qitish metodikasi, Informatika o'qitish metodikasi, Fizika va astronomiya о‘qitish metodikasi, Mehnat ta'limi, Pedagogika va psixologiya bakalavriat  ta’lim  yо‘nalishlari, Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Matematika), Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Fizika va astronomiya) magistratura  mutaxassisliklariga  dars  beradi.

     


Umumiy matematika kafedrasi 2015-yilda matematik tahlil kafedrasi negizida tashkil etilgan. Matematik analiz kafedrasi 1939-yilda tashkil etilgan.
Kafedrada turli yillar davomida akademiklar K.Niyazov, T.Sarimsoqov, S.Ayupov qisman ishladi. Kafedrani akademik Sh.Farmonov boshqardi. Kafedraga faol olimlar jalb etiladi, matematiklar (M.Saydamatov, M.Medjitov, T.Turdiyev, K.Karasheva, T.Sharifova, M.Madirimov, U.Toshmetov, A.Hikmatov, D.Manevich, R.Kadirov, A Abduqodirov, N. Yadgorov, R. Turgunbayev, O. Zaytov va boshqalar).
Kafedraning ilmiy to`garak rahbarlari R.Beshimov, O.Zaitov, K.Hudaybergenov fizika-matematika fanlari doktori.
Kafedra P.P.Loginov, T.Turdiyev, U.Toshmetov, B.Islomov, SH.Farmonov, M.Hushvaktov, R.Turgunbayev, M.Madirimov, Zh.O.Tahirov, D.Boytillayev, R.Beshimov boshchilik qildi. Shu kungacha kafedraga dotsent R.Turgunbayev rahbarlik qilib kelgan.
Hozirda kafedraga dotsent T.Jo'rayev rahbarlik qilmoqda
Kafedra fanlari: bakalavriatda matematika, matematik analiz, algebra va sonlar nazariyasi, geometriya, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, turli tanlov fanlari; magistraturada geometriyaning tanlangan boblari, abstract algebra, analizning tanlangan boblari, pedagogik tadqiqotlarda statistika metodlari.
Hozirgi kunda kafedrada topologiya, analiz va algebra bo'yicha tadqiqotlar, shuningdek, oliy o'quv yurtlarida matematika o'qitish zamonaviy muammolari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Umumiy matematika kafedrasi ilmiy faoliyati, o'quv faoliyati, ma'naviy-ma'rifiy sohada va shu kabi yo'nalishlarda faoliyat yuritadi. Keyingi yillarda ko'plab xorijiy jurnallarda maqolalar chop etildi. Kafedra azolari tomonidan darslik va o'quv qo'llanmalar monagrafiyalar tayyorlandi va nashrdan chiqarildi. Jumladan 2018-yilda R.Turgunbayev va R.Qo'shnazarov tomonidan bo'lg'usi matematik o'qituvchilarning kampitensiyasini rivojlantirish bo'yicha monagrafiya chop etildi.

"Umumiy matematika"
kafedrasi to‘g‘risidagi
N I Z O M
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil 9-son., 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 28-apreldagi 267- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kafedralari faoliyatini tashkil etish hamda kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibi”ga muvofiq ishlab chiqildi.

I. Umumiy qoidalar

1. Umumiy matematika kafedrasi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Fizika-matematika fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Umumiy matematika kafedrasi bundan buyon kafedra deb yuritiladi.
2. Kafedra tarkibiga professor-o‘qituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlar hamda doktorant, mustaqil izlanuvchi, injener-texnik va o‘quv-yordamchi xodimlar kiradi.
3. Kafedraning professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralida 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
4. Kafedra o‘quv va ilmiy jarayonlarini ta’minlovchi o‘quv xonalari va ilmiy labaratoriyalar, kabinetlar, o‘quv markazlar va boshqa bo‘linmalariga ega bo‘lishi mumkin.
Umumkasbiy, ixtisoslik va mutaxassislik fanlaridan dars olib boriladigan kafedralar kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan umumiy o‘rta maktab, kademik litsey va kasb-hunar kollejlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hududida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnik bazasidan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
Kafedra filialining faoliyati Toshkent davlat pedagogika universiteti va umumiy o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi.
5. Kafedra filiali faoliyati tegishli Nizom asosida tashkil etiladi.

II. Kafedrani tashkil etish va faoliyatini boshqarish

6. Kafedra kamida yetti nafar professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, ularning bir nafari, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori va (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, kamida ikki nafari fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dotsent ilmiy unvoniga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (h.D)ga ega bo‘lganda tashkil etiladi.
7. Kafedra fakultet dekaniga yoki bevosita TDPU rektori (o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori)ga bo‘ysunadi.
8. Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.
9. Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (Ph.D)ga ega bo‘lgan hamda belgilangan tartibda universitet Kengashida tanlovdan o‘tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.
10. Kafedra mudiri bo‘lmagan vaqtda (ta’til, kasallik, xizmat safari va boshqa xollarda) yoki muddatidan oldin lavozimidan ozod etilganda uning vazifalari kafedra jamoasi taklifi asosida fakultet dekani yoki o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor tavsiyasiga ko‘ra rektor tomonidan tayinlangan shaxsga vaqtincha yuklatiladi.

III. Kafedra mudirining vazifalari

11. Kafedra mudiri:
- bevosita kafedra faoliyatini tashkil etadi;
- universitet miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etililishida ishtirok etadi;
- kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarning shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
- kafedra professor-o‘qituvchilariga o‘quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
- O‘zR FA ilmiy-tadqiqot institutlari, umumiy o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikni o‘rnatadi va muntazam rivojlantirib boradi;
- kafedraga ishga olish, ishdan bo‘shatish va xodimlarlarni yangi lavozimga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi rektoriga takliflar kiritadi;
- universitetning tegishli xizmat bo‘linmalari bilan birgalikda o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlash choralarini ko‘radi;
- belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, Kengash majlislarida hisobot beradi.
Kafedra mudirining shaxsiy ish rejasi fakultet dekani yoki univer-sitetning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
Kafedra xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo‘shim¬cha vazifalar universitet rektori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin.

IV. Kafedra faoliyatini tashkil etish

12. Kafedra faoliyati o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy o‘quv yili bo‘yicha rejalarga muvofik amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga fakultet dekani boshqa kafedralardan va univer-sitetdan xodimlar taklif etilishi mumkin.
Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning shaxsiy ish rejalari asosiy hujjat hisoblanib, u o‘z ichiga o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, qamrab oladi.
Professor-o‘qituvchilarning belgilangan tartibda tanlovdan o‘tish, lavozimlarga tavsiya etish jarayonida ularning shaxsiy ish rejalarining bajarilish darajasi asosiy mezonlar hisoblanadi.
13. Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
- professor-o‘qituvchilarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
- yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
- davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalar va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning rivojlangan horijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish asosida takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;
- turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;
- o‘quv adabiyotlarini tayyorlash hamda o‘quv adabiyotlariga xulosalar berish;
- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga raxbarlik qilish;
- talabalar bilimini xolis va obyektiv baholanishini ta’minlash va nazorat qilish;
- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, shu jumladan, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, davlat stipendiyalari va boshqa xalqaro va respublika miqyosida turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash;
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedogogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh professor-o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda amaliy yordam berish;
- o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy texnika vositalaridan, yakka tartib-da o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishning zamonaviy usullari va vositalari bilan masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;
- universitet bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorant va doktorant bo‘lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
- universitet axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-tehnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirilib borilishi va yangilanishini doimiy monitoring qilish;
- ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
- ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama etish;
- professor-o‘qituvchilarning tizimli ravishda respublika va xorijda malakasini oshirib borishini ta’minlash;
- fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, ilm-fan va oliy ta’lim sohalarida yetakchi horijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish;
- tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqishga joriy etishga ko‘maklashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
Kafedra xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo‘shimcha ishlar universitet rektori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin.
14. Kafedrada quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:
- kafedra faoliyati uchun zarur bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar;
- o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy- ma’rifiy ishlarni qamrab olgan ish rejalari hamda hisobotlar;
- o‘quv yuklamalari, kafedra a’zolarining shaxsiy ish rejalari, ularning bajarilishi yuzasidan hisobotlar;
- professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladigan darslarni qayd etish jurnali;
- kafedra professor-o‘qituvchilari dars beradigan fanlar bo‘yicha talabalar bilimining nazoratini qayd etish jurnali;
- anketa ma’lumotlariga ega bo‘lgan kafedra tarkibining ro‘yxati (mustaqil izlanuvchi va doktorantlar uchun tadqiqot mavzulari, rahbarlari va tadqiqotning bajarilish muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi shart);
- majlislari bayonnomalari.
Kafedralar xususiyatidan kelib chiqib, kafedrada bo‘lishi kerak bo‘lgan hujjatlar tarkibiga ta'limga oid qo‘shimcha hujjatlar oliy ta’lim muassasasi rektori yoki vazirlik tomonidan kiritilishi mumkin.

V. Kafedra mudiri faoliyatini baholash

15. Kafedralar faoliyati oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan tuziladigan Maxsus komissiya tomonidan o‘quv yili davomida o‘rganib boriladi va baholanadi.
16. Kafedra professor-o‘qituvchilari har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralida 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ilovasida keltirilgan “Oliy ta’lim muassasasi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari”ga asosan baholanadi.
17. Kafedra professor o‘qituvchilarining faoliyatini baholash natija-larining o‘rtachasi mazkur kafedra mudiri faoliyatiga qo‘yilgan baho hisoblanadi.
18. Oliy ta’lim muassasasi rektori Maxsus komissiyaning malumotiga ko‘ra kafedra mudirlari faoliyati natijalarini oliy ta’lim muassasasi Kengashida muhokamaga qo‘yadi va tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.

VI. Yakunlovchi qoidalar

19. Mazkur Tartibda belgilangan qoidalar bo‘yicha nizolar amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida hal etiladi.

Umumiy matematika kafedrasida matematika o'qitish metodikasi, fizika o'qitish metodikasi, informatika o'qitish metodikasi va universitetning shu kabi yo'nalishlaridagi bakalavrlarni tayyorlash bo'yicha bir nechta fanlar talabalarga o'rgatilib kelinmoqda. Jumladan, matematik analiz, algebra, geometriya matematika, ehtimollar nazariyasi fanlarini keltirish mumkin. Bundan tashqari kafedrada kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik ishlari amalga oshiriladi. Turdosh universitetlarning turdosh kafedralariga fan dasturlari, ishchi o'quv dasturlari tayyorlashda asosiy yordamchi hisoblanadi.2018 o'quv yilidan boshlab sirtqi yo'nalish talabalariga dars mashg'ultlari olib borilmqda

Yuklab olish uchun fayllar