Musiqiy ta’lim kafedrasi

Musiqiy ta’lim kafedrasi tarixiga bir nazar

Musiqa ta’limi sohasida malakali kadrlar tayyorlash Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1960-1961-o’quv yili Musiqa va ashula kafedrasining tashkil etilishi bilan boshlangan. O’sha davrda kafedrada X.Alieva, I.A.Akbarov A.X.Leviev va S.Abramovalar faoliyat olib borganlar. Respublikamizdagi musiqa ta’limi sohasida kadrlarga bo’lgan talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda 1973-yilga kelib, Musiqa tarixi va nazariyasi hamda Vokal kafedralari faoliyati ham yo’lga qo’yildi. Unda professor X.R.Rahimov, P.X.Xaliqov, p.f.n. G.A.Xaliqova, V.T.Ter-Steponyants, M.A.Ahrarova, xizmat ko’rsatgan artist R.Kuchlikova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist M.J.Jalilov va boshqalar samarali mehnat qildilar.

1977-1978-o’quv yilga kelib esa Musiqa fanlarini o’qitish metodikasi va Musiqa nazariyasi va tarixi kafedralari ham tashkil etildi. Unda L.Qo’ldoshev, Sh.Sultonov, I. Feldman, V. Shomaxmudova, Xaliqova, D.Omonullaev, S.Fattoxova, N.G.Edelkina va L.A.Urmanovalar qizg’in faoliyat olib bordilar.

2004-yilda Musiqa o’qitish metodikasi va Vokal kafedralari birlashtirilib Vokal va musiqa o’qitish metodikasi kafedrasi deb nomlandi.

1998-yildan kafedrada musiqa ta’limi sohasida magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Musiqiy ta’lim kafedrasi bugungi kunda Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

Kafedrada 5111100-Musiqa ta’limi, ta’lim yo’nalishi va mutaxassisligi bo’yicha talabalarni o’qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlari amalga oshiriladi.

Musiqa ta’limi kafedrasi universitetda tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim 5111100-Musiqa ta’limi yo’nalishi bo’yicha o'qitiladigan fanlar:

Musiqa o’qitish nazariyasi, metodikasi va maktab repertuari;

Musiqa tarixi;

Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqa asarlar tahlili);

An’anaviy honandalik;

Xor va xorshunoslik;

Cholg’u ijrochiligi va ansambli;

Bolalar musiqa adabiyoti;

Musiqa o’qitish texnologiyalari va loyihalash;

Vokal va zamonaviy musiqa;

Musiqa to’garaklarini tashkil etish;

O’zbek xalq musiqa ijodi;

Solfedjio;

Dirijyorlik.

Cholg’ushunoslik .

Magistratura mutaxassisliklari 5A111101-Musiqa ta’limi va san’at mutaxassisligi bo’yicha o'qitiladigan fanlar:

Musiqa san’ati pedagogikasining tarixi;

Musiqa ta’limi va san’at nazariyasi va metodologiyasi;

Nazariy musiqashunoslik;

Musiqiy san’at asarlarining tahlil muammolari;

Zamonaviy o’zbek va xorijiy musiqa san’ati rivojlanishining asosiy yo’nalishlari.

Musiqa ta’limi kafedrasi o’quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi yetakchi va pedagogika sohasi bo’yicha Respublikada tayanch kafedra hisoblanadi.


MUSIQIY TA`LIM kafedrasi tarixi
Musiqa ta`limi sohasida malakali kadrlar tayyorlash Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1960-1961-o`quv yili Musiqa va ashula kafedrasining tashkil etilishi bilan boshlangan. O`sha davrda kafedrada X.Aliyeva, I.A.Akbarov A.X.Leviyev va S.Abramovalar faoliyat olib borganlar. Respublikamizdagi musiqa ta`limi sohasida kadrlarga bo`lgan talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda 1973-yilga kelib, Musiqa tarixi va nazariyasi hamda Vokal kafedralari faoliyati ham yo`lga qo`yildi. Unda professor X.R.Raximov, P.X.Xaliqov, p.f.n. G.A.Xaliqova, V.T.Ter-Steponyants, M.A.Ahrarova, xizmat ko`rsatgan artist R.Kuchlikova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist M.J.Jalilov va boshqalar samarali mehnat qildilar. 1977-1978-o`quv yilga kelib esa Musiqa fanlarini o`qitish metodikasi va Musiqa nazariyasi va tarixi kafedralari ham tashkil etildi. Unda L.Qo`ldoshev, Sh.Sultonov, I.Feldman, V.Shomaxmudova, Xaliqova, D.Omonullayev, S.Fattoxova, N.G.Edelkina va L.A.Urmanovalar qizg`in faoliyat olib bordilar. 2004-yilda Musiqa o`qitish metodikasi va Vokal kafedralari birlashtirilib Vokal va musiqa o`qitish metodikasi kafedrasi deb nomlandi. 1998-yildan musiqa ta`limi sohasida magistratura mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi.

Maktab repertuari
Qo`shimcha cholg`u
Musiqa nazariyasi
Vokal va zamonaviy musiqa
Cholg`u ijrochiligi va ansambli
Xor va xorshunoslik
Dirijyorlik
O`zbek xalq musiqa ijodi
An’anaviy xonandalik
Notalashtirish va kompyuter dasturlarida ishlash
Musiqa o`qitish metodikasi va maktab repertuari
Musiqa o`qitish texnologiyalari va loyihalash
Musiqa tarixi
Bolalar musiqa adabiyoti
Maktabgach ta`lim muassasalarida musiqa o`qitish metodikasi
Musiqa to`garaklarini tashkil etish
Cholg`ushunoslik

Magistratura:

Musiqa pedagogikasi
Ijrochilik mahorati asoslari
Musiqashunoslik tarixi va nazariyasi
Musiqa san`ati yo`nalishlarining rivojlanish muammolari
Musiqa asarlari tahlili muammolari

NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
«MUSIQIY TA’LIM» KAFEDRASI
N I Z O M I

I.Umumiy qoidalar
1.Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kafedralari (keyingi o‘rinlarda kafedra deb ataladi) faoliyatini tashkil etish, kafedra mudirlari mas’uliyati, o‘rni va rolini kuchaytirish, ulariing funksional vazifalarini qat'iy belgilash hamda kafedradagi o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish hamda kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibini belgilaydi.
2.Kafedra oliy ta’lim muassasasi, fakultetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Kafedra tarkibiga professor-o‘qituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajorlar hamda doktorant, mustaqil izlanuvchi, shuningdek, konsertmeyster va o‘quv-yordamchi xodimlar kiradi.
3.Kafedraning professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralida 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
4.Kafedra o‘quv va ilmiy jarayonlarni ta’minlovchi o‘quv xonalari va laboratoriyalar, kabinetlar kabi, musiqiy cholg‘ular, kompyuter jamlanmasi kabi moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lishi mumkin.
Umumkasbiy, ixtisoslik va mutaxassislik fanlaridan olib boriladigan kafedralar kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan maktabgacha hamda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar hamda ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxona (tashkilot)lar hududida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnika bazasidan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
Kafedra filiali faoliyati oliy ta’lim muassasasi va maktabgacha hamda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar hamda ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxona (tashkilot)lar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi.
II.Kafedrani tashkil etish va faoliyatini boshqarish
5.Kafedra, kamida yetti nafar professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, ularning bir nafari, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga, kamida ikki nafari fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dotsent ilmiy unvoniga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (PhD)ga ega bo‘lganda tashkil etiladi.
Musiqa kafedrasi esa kamida yetti nafar professor-o‘qituvchi mavjud bo‘lib, odatda, ulardan kamida ikki nafari ilmiy daraja yoki unvonga ega bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi.
Bulardan istisno holatlar bo‘yicha kafedrani tashkil etish bo‘ysunishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
6.Kafedra fakultet dekaniga yoki bevosita oliy ta’lim muassasasi rektori (o‘quv ishlari bo`yicha prorektori)ga bo‘ysunadi.
7.Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
8.Kafedrani odatda fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (PhD)ga ega bo‘lgan hamda belgilangan tartibda universitet Kengashida tanlovdan o‘tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.
9.Kafedra mudiri ishlamagan vaqtda (ta’til, kasallik, xizmat safari va boshqa holatlarda) yoki muddatidan oldin lavozimidan ozod etilganda uning vazifalari kafedra jamoasi taklifi asosida fakultet dekani yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tavsiyasiga ko‘ra rektor tomonidan tayinlangan shaxsga vaqtincha yuklatiladi.
III.Kafedra mudirining vazifalari
10.Kafedra mudiri:
bevosita kafedra faoliyatini tashkil etadi;
universitet miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
kafedra professor-o‘qituvchilariga o‘quv yuklamalarini taqsimlaydi hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikni o‘rnatadi va muntazam rivojlantirib boradi;
kafedraga ishga olish, ishdan bo‘shatish va xodimlarni yangi lavozimlarga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida oliy universitet rektoriga takliflar kiritadi;
universitetning tegishli xizmat bo‘linmalari bilan birgalikda o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlash choralarini ko‘radi;
belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlaydi. Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi.
Kafedra mudirining shaxsiy ish rejasi fakultet dekani (yoki universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori) tomonidan tasdiqlanadi.
Kafedralar xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo‘shimcha vazifalar universitet rektori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin.
IV. Kafedra faoliyatiii tashkil etish
11.Kafedra faoliyati o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy o‘quv yili bo‘yicha rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarniig bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.
Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning shaxsiy ish rejalari asosiy hujjat hisoblanib, u o‘z ichiga o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab oladi.
Professor-o‘qituvchilarning belgilangan tartibda tanlovdan o‘tish, lavozimlarga tavsiya etish jarayonida ularning shaxsiy ish rejalarining bajarilish darajasi asosiy mezonlardan hisoblanadi.
12.Kafedraniig asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
professor-o‘qituvchilarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalar va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish asosida takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqda taqdim etish;
turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;
o‘quv adabiyotlarini tayyorlash hamda o‘quv adabiyotlariga xulosalar berish;
talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
talabalar bilimini holis va obyektiv baholanishini ta’minlash va nazorat kilish;
iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, shu jumladan, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, davlat stipendiyalari va boshqa xalqaro va respublika miqyosida turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash;
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlangan yosh professor-o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda amaliy yordam berish;
o‘quv mashg‘ulotlarida, zamonaviy texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishning zamonaviy usullari va vositalari bilan masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;
oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorant va doktorant bo‘lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash;
universitet axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishi va yangilanishini doimiy monitoring qilish;
ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama kilish;
professor-o‘qituvchilarining tizimli ravishda respublika va xorijda masalakasini oshirib borishini tashkil etish;
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilm-fan va oliy ta’lim sohalarida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga ko‘maklashishi, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.
Kafedralar xususiyatidan kelib chiqib, kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga ta’limga oid qo‘shimchalar universitet rektori yoki vazirlik tomonidan kiritilishi mumkin.
13.Kafedrada quyidagi xujjatlar bo`lishi kerak:
kafedra faoliyati uchun zarur bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar;
o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab olgan ish rejalari hamda hisobotlar;
o‘quv yuklamalari, kafedra a’zolarining shaxsiy ish rejalari, ularning bajarilishi yuzasidan hisobotlar;
professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladigan darslarni qayd etish jurnali kafedra professor-o‘qituvchilari beradigan fanlar bo‘yicha talabalar bilimining nazoratini qayd etish jurnali;
anketa ma’lumotlariga ega bo‘lgan kafedra tarkibining ro`yxati (mustaqil izlanuvchi va doktorantlar uchun tadqiqot mavzulari, rahbarlari va tadqiqotning bajarilish muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi shart);
majlislar bayonnomalari.
Kafedralar xususiyatidan kelib chiqib, kafedrada bo‘lishi kerak bo‘lgan hujjatlar tarkibiga ta’limga oid qo‘shimcha hujjatlar oliy ta’lim muassasasi rektori yoki vazirlik tomonidan kiritilishi mumkin.
V.Kafedra mudiri faoliyatini baholash
14.Kafedralar faoliyati universitet rektori buyrug‘i bilan tuziladigan Maxsus komissiya tomonidan o‘quv yili davomida o‘rganib boriladi va baholanadi.
15. Kafedra professor-o‘qituvchilari har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2006-yil 10- fevralida 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” ilovasida keltirilgan “Oliy ta’lim muassasasi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari”ga asosan baholanadi.
16.Kafedra professor-o‘qituvchilarining faoliyatini baholash natijalarining o‘rtachasi mazkur kafedra mudiri faoliyatiga qo‘yilgan baho hisoblanadi.
17.Universitet rektori Maxsus komissiyaning ma’lumotiga ko‘ra, kafedra mudirlari faoliyati natijalarini universitet Kengashida muhokamaga qo‘yadi va tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.
18.Musiqiy ta’lim kafedrasida amaldagi me’yoriy-hujjatlar asosida konsertmeyster o‘quv yordamchi xodim sifatida faoliyat yuritadi. Ularning xizmat lavozim majburiyatlari belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
VI.Yakunlovchi qoidalar
19.Mazkur Tartibda belgilangan qoidalar bo`yicha nizolar amaldagi qonunchilik xujjatlari asosida hal etiladi.
VII.Musiqiy ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozim majburiyatlari
20.Kafedra mudiri bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani, asosiy qonun qoidalarini;
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni, “Yoshlar tarbiyasi va ta’lim to‘g‘risida”gi Prezident farmonlarini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, Oliy Majlisning qarorlarini;
oliy ta’lim muassalarida o‘quv-tarbiyaviy va kasbiy faoliyat ishlariga zamonaviy yondashuvni;
bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv jarayonini ta’minlash usullarini tashkil etishni;
magistr mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv jarayonini ta’minlash usullarini tashkil etishni;
o‘quv jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ta’minlash usullarini;
yangi xildagi rahbar xodimlarning ruhiy jihatlarini;
pedagogik va kasbiy muloqotning nazariya va amaliyotini;
bakalavriat va magistratura ta’lim dasturini izchiligini, bir xilligi va uzviyligini uslubiy va tashkiliy ta’minlanishini;
buyurtmachining ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirishni;
talabalarning mustaqil ta’limini uslubiy va tashkiliy taminlashni;
kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi omillarini, bilim va ko‘nikmalarini, talabalar bilimini baholash reyting nazoratini, o‘quv-uslubiy ta’minlashni, tashkil qilishni va rejalash asoslarini;
ta’lim integratsiyasini aniq formulalarini tashkiliy va uslubiy ta’minlashni;
xorijiy kafedralar bilan ilmiy va o‘quv hamkorlikni tashkil qilishni me’yoriy asoslarini;
iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etishni;
oliy ta’limda marketingni;
Kafedra a’zolari va talabalar bilan muloqatda nutq madaniyati va etika masalalarini;
biror bir xorijiy tilda so‘zlashuv asoslarini;
o‘zining kasbiy bilimlarini mustaqil ta’lim orqali doimiy ravishda mukammallashtirish yo‘llarini.
21. Professor lavozimi majburiyatlari:
Professor – bakalavriatura yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ishchi o‘quv rejalarini, shuningdek, ishchi o‘quv dasturini, mutaxassislarning malakaviy tavsiflarini, magistrlar tayyorlash bo‘yicha shaxsiy dasturlar va rejalar tuzish;
o‘quv dasturlariga muvofiq o‘quv qo‘llanmalari va ma’ruzalar matnlarini, uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
o‘quv jarayonini pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib tashkil etish;
talabalarning eng zamonaviy ilmiy va uslubiy asoslarda ta’lim olishlarini ta’minlash, ularning bilimini nazorat qilishning yuqori samarali uslublarini yaratish;
magistrlik dissertatsiyalariga raxbarlik qilish;
ta’lim, ishlab chiqarish va ilm-fan integratsiyalarining tashkiliy va ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
o‘z sohasiga mos keladigan ilmiy maktablar va yo‘nalishlar yaratish, stajer-o‘qituvchilarga, shuningdek, magistrlarga, doktorantlarga hamda doktorlik ilmiy darajalari tadqiqotlariga ilmiy rahbarlik qilish;
talaba va o‘qituvchilarning o‘quv-ilmiy tadqiqotlarini tashkil etish, uning natijalarini ishlab chiqarish va o‘quv jarayonida tatbiq etish;
ixtisoslashgan ilmiy kengashlar, ekspert kengashlari, ilmiy-texnik va ilmiy-uslubiy kengashlarda ishtirok etish;
o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar natijalarini nashr ettirish;
talabalarning uzluksiz tarbiyaviy dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, “Ma’naviyat va ma’rifat” dasturi asosida yoshlarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
ta’limning insonparvarlashtirish va ma’rifatparvarlashtirishning tashkiliy va uslubiy asoslarini ishlab chiqish bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.
22. Dotsent lavozimi majburiyatlari:
Dotsent – bakalavriatura yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ishchi o‘quv rejalarini va dasturlarini amalga oshirishni ta’minlash, mutaxassisliklarning malakaviy tavsifi va magistrlar tayyorlash bo‘yicha shaxsiy rejalar tuzish;
ishchi dasturlar, uning asosida ma’ruza matnlari, talabalarning mustaqil ishlari, bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar yaratish;
o‘quv jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etish;
magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish;
amaliy darslarga, mustaqil ishlarga, o‘quv-ilmiy ishlarga vazifalar tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishning samarali uslubiyatini ishlab chiqish;
ta’lim jarayonini ilm-fan, ishlab chiqarish integratsiyasi asoslarida tashkil etish;
ilmiy izlanishlar olib borish, stajer-o‘qituvchilarni, magistr, doktorlik (Ph.D) darajasi tadqiqotchilariga rahbarlik qilish;
assistent va talabalarning ilmiy va o‘quv-tadqiqot ishlarini tashkil etish va uning natijalarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga joriy etish;
ixtisoslashgan, ilmiy-texnik va ilmiy-uslubiy kengash, ilmiy, pedagogik kengashlarda qatnashish;
o‘quv-uslubiy va ilmiy izlanish ishlari natijalarini nashrdan chiqarish;
talabalarning uzluksiz tarbiyaviy dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, “Ma’naviyat va ma’rifat” dasturi asosida yoshlarda yuksak ma’naviy va ahloqiy fazilatlarni shakllantirish;
ta’limning insonparvarlashtirish va ma’rifatparvarlashtirishning tashkiliy va uslubiy asoslarini ishlab chiqish;
akademik guruhga murabbiylik va ustozlik qilish bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.
23. Katta o‘qituvchi lavozimi majburiyatlari:
Katta o‘qituvchi – bakalavriat yo‘nalishidagi ishchi o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishini ta’minlash;
amaliy, seminar mashg‘ulotlari va uy vazifalari uchun uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;
bakalavriat yo‘nalishidagi talabalar uchun amaliy, mustaqil mashg‘ulotlar bo‘yicha, shuningdek, tadqiqot ishlari uchun vazifalarni tayyorlash hamda ularning bajarilishini nazorat qilish uslublarini ishlab chiqish;
seminar va amaliy mashg‘ulotlarni axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
bakalavriat yo‘nalishidagi talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini nashr etish;
“Ma’naviyat va ma’rifat” dasturi doirasida talabalar bilan tarbiyaviy ish olib borish hamda ularda milliy iftixor tuyg‘ularini yanada rivojlantirish;
ta’lim jarayonida insonparvarlik tuyg‘ularini singdirish;
akademik guruhga murabbiylik qilish bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.
24. Assistent (o‘qituvchi) lavozimi majburiyatlari:
Assistent (o‘qituvchi) – bakalavriat yo‘nalishidagi ishchi o‘quv reja va dasturlarning bajarilishini ta’minlash;
bakalavriat talabalarining amaliy, seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ishlari, mustaqil uy vazifalari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni o‘quv jarayonida qo‘llash;
seminar va amaliy mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalarini qo‘llash;
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda ishtirok etish;
bakalavriat yo‘nalishidagi talabalar bilan o‘quv-tadqiqot ishlarini tashkil etish va olib borish;
o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini nashr etish;
“Ma’naviyat va ma’rifat” dasturi doirasida talabalar bilan tarbiyaviy ish olib borish hamda ularda milliy iftixor tuyg‘ularini yanada rivojlantirish;
ta’lim jarayonida insonparvarlik tuyg‘usini singdirish;
akademik guruhga murabbiylik qilish bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.
25.Pedagogika sohasidagi musiqa ta’limi yo‘nalishida faoliyat olib boradigan konsertmeyster (jo‘rnavoz)ning xizmat lavozim majburiyatlari
Lavozim vazifalari:
O‘quv ishlar bo‘yicha:
Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalar hamda “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishidagi fanlar dasturlarining tegishli talablariga muvofiq (“Cholg‘u ijrochiligi va ansambli”, “Vokal va zamonaviy musiqa”, “An’anaviy xonandalik”, “Dirijyorlik”, “Xor va xorshunoslik”, “O‘zbek xalq musiqa ijodi”, “Musiqa nazariyasi” “Musiqa tarixi”, “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari”, “Musiqa to‘garaklarini tashkil etish”, “Bolalar musiqa adabiyoti”, “Cholg‘ushunoslik”, “Makatabgacha musiqa o‘qitish metodikasi”, Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyihalash”, “Xor aranjirovkasi” va boshqa) kabi o‘qitiladigan fanlarni o‘qitishda nazariy, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlaridagi musiqa asarlarini cholg‘u (fortepiano)da yuqori professonal darajada ijro etish;
talabalarning musiqiy-emotsional qobiliyatlari hamda ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish;
bir necha musiqiy cholg‘u asboblarda ijro etish texnikasini professional tarzda bilish;
talabalarni konsert, konkurs, olimpiada, festival va boshqa ommaviy-badiiy tadbirlarga tayyorlash;
musiqiy qobiliyati past bo‘lgan talabalar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borish;
talabalarning musiqiy cholg‘ularda ijrochilik mahoratini oshirishda ular bilan guruhli yoki yakka tartibda mashg‘ulot olib borish;
xonandalik mahoratiga ega bo‘lgan talabalarning kuylash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda jo‘rnavozlik qilish;
talabalarning mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etishda professor-o‘qituvchiga hamkorlik qilish;
fanlardan ON va YaN nazoratlar bo‘yicha talabalar ijro etib beradigan musiqa asarlariga jo‘rnavozlik qilish;
talabalarni fortepiano cholg‘usida ijro etishga o‘rgatish;
musiqiy-nazariy va musiqiy-tarixiy fanlarda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha musiqiy asarlardan parchalar ijro etish;
talabalar bilan ansambl bo‘lib ishlashni pedagog o‘qituvchi bilan hamkorlikda tashkil etish;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha:
ta’lim muassasasida o‘tkaziladagan tadbirlarni badiiy jihatdan tashkillashtirishda qatnashish;
jo‘rnavozlik qilayotgan fanlari bo‘yicha guruhlarda talabalar davomati, kiyinish me’yorlari hamda odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlashda professor-o‘qituvchilarga ko‘maklashish.
tashkiliy uslubiy ishlar bo‘yicha;
kafedraning o‘quv, badiiy, ilmiy-pedagogik yig‘ilishlarida qatnashish;
musiqiy faoliyatning har qanday turlaridan va shakllaridan foydalanib, talabalarda estetik tarbiyani shakllantirishda faollik ko‘rsatish;
talabalarning shaxsiy va yoshiga oid xususiyatlarini, shuningdek, ularning ijodiy qobiliyatlarini inobatga olib, o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
talabalarning bilimlari, amaliy ijro mahoratlari ustidan nazorat qiladi, nazorat ishlarini o‘tkazadi, davomatni va o‘zlashtirishni hisobga oladi;
boshqa o‘qituvchilar, guruhlar rahbarlari, psixolog va ota-onalar bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha hamkorlik qiladi;
o‘z malakasini muntazam ravishda oshiradi;
mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda xavfsizlik texnikasiga amal qiladi.
Bilishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining musiqiy ta’limga oid Farmon, Qaror, Farmoyishlarini, O‘zbekiston Resepublikasi Qonunchilik Palatalari tomonidan qabul qilingan Qonunlar mazmunini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari, buyruqlari, modemogramma va topshiriqlarini mazmun mohiyatini;
pedagogika sohasi musiqa ta’limining Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari mazmunini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining musiqa, madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha uslubiy, me’yoriy, yo‘riqnomalari va boshqa boshqaruv materiallarini;
madaniyatning shakllari va turlarini, jahonning asosiy hamda madaniy-tarixiy markazlarini va joylarini;
O‘zbekiston madaniyati va musiqa san’ati tarixini, bugungi kundagi rivojlanish jarayonlarini;
musiqiy ta’limni nazariyasi va amaliyoti asoslarini, musiqa adabiyotini asoslarini, xonandalar, cholg‘uchilar ansambllari jamoasi bilan ishlash tartibini, ssenariylar, konsert dasturlari ishlab chiqishni, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish tartibini;
zamonaviy va klassik o‘zbek, sharq va xorijiy bastakorlarning hayoti va ijodini, xalq hofizlarining ijodini, musiqa tarixini va musiqiy madaniyatni, milliy va klassik repertuardagi asarlarni ijro etish mahoratini;
musiqa asboblarini (o‘zbek, sharq va xorijiy), shuningdek o‘zbek, sharq, yevropa klassik musiqiy madaniyatini, operasi asarlarini;
musiqa uslublarini va usullarini, O‘zbekistonning turli joylariga xos bo‘lgan asbob va ijro yo‘nalishlarini. Musiqiy o‘yinlarni, musiqiy ritmik harakatlarni;
o‘zining rivojlanishida orqada qolgan talabalar bilan ishlashda defektologiya asoslarini va tegishli uslublarni;
musiqiy asboblarda a’lo darajada ijro etishni, qo‘shiqchilik va jamoada qo‘shiq aytish mahoratini, musiqiy yoki boshqa san’at asarlarini yaratish va ijro etish orqali yoshlarni tarbiyalashni bilishni.
Malakaviy talablar:
Musiqiy-pedagogik oliy ma’lumot.
Kabinet mudiri lavozim vazifalari:
• Xar bir o‘tiladigan o‘quv mashg‘ulotlari oldidan o‘quv kabinetlarini o‘quv dasturlari va rejalariga asosan ko‘rgazmali o‘quv qurollari bilan ta’minlash;
• Kafedra metodik kabinetini ARMdan olingan yangi o‘quv va metodik adabiyotlar bilan ta’minlash;
• Texnik-o‘quv vositalarini qo‘llab professor-o‘qituvchilarga dars o‘tishda amaliy yordam berish;
• Kafedradagi texnik ko‘chirish ishlarini bajarish;
• Kafedradagi o‘quv kabinetlarining sanitariya-gigiena holati ustidan nazorat qilish;
• Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
• Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
• Lavozim (vazifa) yo‘riqnomalariga rioya qilish.
Bilishi kerak:
• O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, TDPU ichki mehnat tartib-qoidalari, ish yuritishga oid me’yoriy hujjatlarni bilishi.

Malaka talablari:
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
• O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

Klassifikator bo‘yicha:
№ Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
1754 2 Kabinet mudiri 1239 B Oliy ma’lumot

Musiqiy cholg‘u asboblarni sozlash ustasi lavozim vazifalari:
• O‘quv - laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda va talabalarni o‘zlari tanlab olgan mutaxassislik bo‘yicha malakalarga o‘rgatishda o‘qituvchilarga yordam berish, musiqiy cholg‘u asboblarni sozlash doimiy soz va ishchi holatda bo‘lishini ta’minlash;
• Fortepianino, royal, milliy musiqa cholg‘u asboblarlari va boshqa cholg‘ularni texnik holatini tekshirish va joriy ta’mirlab turish;
• Ta’lim jarayonini va ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun moddiy qismini hozirlashda qatnashish, maketlar, asboblar, stendlar va boshqa uskunalarni tayyorlash, ishlab turgan asboblardan, qurilmalardan foydalanishni ta’minlash va ehtiyot qismlar, materiallar olish, ularning sarflanishi hisobini yuritish va hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish, talabalarga asboblar, uskunalarni berish va ulardan qabul qilib olish;
• Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha talabalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, milliy musiqa asboblardan foydalanish chog‘ida ana shu qoidalarga rioya etilishini kuzatib borish;
• Kafedra mudirining ko‘rsatmasiga binoan xo‘jalik qismi va boshqa kafedralarning ayrim buyurtmalarini bajarish.

Bilishi kerak:
• O‘quv xonalarining kasb bo‘yicha jihozlashning va undan texnik foydalanishiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, TDPU ichki mehnat tartib-qoidalari, ish yuritishga oid me’yoriy hujjatlarni bilishi.

Malaka talablari
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi;
• Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
• O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur

Klassifikator bo‘yicha:
№ Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
3242 2 Ishlab chiqarish ta’limi ustasi 1229 I Oliy ma’lumot

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 28- aprel “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kafedralari faoliyatini tashkil etish hamda kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibini tasdiqlash haqida”gi 267-sonli buyrug‘i ilovasi bilan tasdiqlangan tartib asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Kafedra mudiri, s.f.n. Q.Panjiev

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 5111100-“Musiqa ta’limi” ta’lim yo`nalishi Respublikamizning 15ta OTMlari bakalavriat bosqichi pedagogika sohasi bo`yicha tayanch kafedra hisoblanib, umumta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati” fani bo`yicha, shuningdek, pedagogika kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at akademik-litseylari, bolalar musiqa va san’at maktablari uchun “Musiqa ta’limi” kasbi beruvchi kadrlar tayyorlanib kelinmoqda. “Cholg`u ijrochiligi va ansambli”, “Dirijyorlik”, “Vokal va zamonaviy musiqa”, “An’anaviy xonandalik”, “Musiqa nazariyasi”, O`zbek xalq musiqa ijodi”, “Xor va xorshunoslik”, “Bolalar musiqa adabiyoti”, “Musiqa o`qitish metodikasi va maktab repertuari”, “Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o`qitish metodikasi”, “Vokal ijrochiligi”, “An’anaviy xalq qo`shiqchiligi” va shu kabi qator tayanch musiqiy fanlari kontsertmeyster jo`rnavozligida musiqiy cholg`ular bilan ta’minlangan auditoriyalarda o`qitiladi.