2014-2015 o‘quv yillarida universitetning 80 yillik yubileyi munosobati bilan muzeylar majmuasida bajarilgan ishlar

2014yil 2-sentyabrdan 30 sentyabrga qadar universitetning 80 yillik yubileyi munosabati bilan muzeylar majmuamizdagi eksponatlar orqali yosh avlodga milliy va umuminsoniy qadriyatlar bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftihor, Vatanga sadoqat va muxabbat tuyg‘ularini tarbiyalash va kuchaytirish maqsadida universitetning barcha fakultet talabalarning tashriflari uyushtirldi.

29-30 sentyab kunlari ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ziyo nurini sochgan ustozlarga ta’zim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Bu davra suhbatini defektologiya fakulteti professori L.R.Mo‘minova olib bordi. 30-sentyabr 2014 yil Germaniyaning Gumbold universitetining bir guruh talabalari va professor o‘qituvchilari, 19 –dekabr 2014 yil Xitoy Xalq Demokratik Respublikasidan bir guruh professor o‘qituvchilar va talabalar, 21-dekabr 2014 yil Xindistonlik delegatsiya, 30-mart 2015 yil Taylandning Bongok universiteti deligatsiyasi o‘zlarining talabalari bilan birgalikda universitetga tashrif buyurishdi. Horijlik mehmonlarning barchasi muzeylar majmuasida bo‘lib chuqur tassurotlarga ega bo‘ldilar va kelajakda ikki universitet talabalari o‘rtasida ko‘rgazmalar tashkillashtirish haqida kelishib olindi. 2015 yil 4-aprelda Seul Milliy Pedagogika universiteti rektori Shin Xan Yung boshchiligidagi Janubiy Koreyalik mehmonlar,2015 yil 16 aprel Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Akif Aliev boshchiligidagi delegatsiya o‘zlarining talabalari ishtirokida muzeylar majmuasiga tashrif buyurdilar 80 yillik munosabati bilan tashkil etilayotgan Nizomiy Ganjaviy xonasiga alohida e’tibor qaratishdi. 2015-yilning 16-yanvardan 19 – fevralga qadar san’at fakulteti 201 bosqich talabasi Xisamieva Sabinaning80 yillik yubiley munosabati bilan “80 bahorni qarshilab” deb nomlangan ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi 2015 yil 5 –martdan 16 martgacha defektologiya fakulteti talabasi Daminova Maftunaning “80 yillik yoshing muborak” deb nomlangan ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.. 2015 yil 23 martdan 12 aprelga qadar san’at fakulteti talabasi Xurramova Yulduzning “80 yoshing muborak” deb nomlangan ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. 18-may 2015 yil butunjahon muzeylar kuni munosabati bilan kasb ta’limi fakulteti 102 guruh talabalari Mutalova Nigora va Ismoilova Dilfuzalarning muzeylar majmuasi 30 yoshda va “Dil va Nigoh ” deb nomlangan ijodiy ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 2015 yil 8-iyun san’at fakultetining katta o‘qituvchisi Sultonov Xayitboy raxbarligidagi “Yosh musavvirlar” to‘garagi a’zolarining universitetning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan ijodiy ishlarining ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 2015 yil 17-18-19 inyu kunlari “Ochiq eshiklar kuni ”munosabati bilan 1000 dan ortiq akademik litsey va kasb hunar kollejlari o‘quvchilarini muzeylar majmuasida kutib olindi va ularga universitetning 80 yillik tarixi haqida ma’lumot berildi. 2014 -2015 o‘quv yillari davomida muzeylar majmuasining eksponatlari universitetimiz talabalari tomonidan tayyorlangan yangi ijodiy ishlar bilan almashtirildi. 2015 yil 21-sentyab kuni Hayitboy Sultonov rahbarligida“Yosh musavvir”lar to‘garagi a’zolarining “80 yoshing qutlug‘ bo‘lsin aziz dargohim” deb nomlangan ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 30 sentyabr kuni universitetning 80 yillik yubileyiga Italiya, Latviya, Ozarbayjon, Eron, Koreya va Misr davlatlaridan tashrif buyurgan horijlik mehmonlar muzeylar majmuasi bilan tanishtirildi.   Muzey rahbari D.Bekmirzaeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida 2014 yil 5 sentyabr kuni o‘tkazilgan “Muzeylarni rivojlantirishning huquqiy asoslari:holati va istiqbollari ” mavzusidagi davra suhbatining tavsiyalari yuzasidan bajarilgan ishlarning ma’lumoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota – onalariga ochiqligini ta’minlash ” chora – tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlashda,bunda yoshlarning muzeylarga tashrifini muntazam uyushtirib borishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu chora-tadbirlar yuzasidan 2014 yil avgust oyida reja ishlab chiqildi va shu reja asosida 2-8 sentyabr kunlarida muzeylar majmuasining ochiq eshiklar kunlari o‘tkazildi. Muzeylar, xususan xalqimizning atoqli namoyandalari hayoti va faoliyatidan hikoya qiluvchi uy-muzeylaridagi noyob eksponatlar orqali yosh avlodga milliy va umuminsoniy qadriyatlar bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftihor, Vatanga sadoqat va muxabbat tuyg‘ularini tarbiyalash va kuchaytirish maqsadida universitetning barcha fakultet talabalarini G‘afur G‘ulom, Zulfiyaxonim, S.Borodina, S.Esenin uy muzeylariga talabalarning tashriflari uyushtirldi va bu uy muzeylarida talabalarga umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini talrbiyalash hakida maruzalar o‘qildi. Yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash maqsadida universitet muzeylar majmuasida uchrashuvlar, davra suhbatlari, ochiq darslar, ekskursiyalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan 29-30 sentyabr kunlari Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ziyo nurini sochgan ustozlarga ta’zim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.