1- talabalar turar joyida "Tibbiy madaniyat va tibbiy axloq tushunchasi" mavzusida o'tkazilgan tadbir bo'lib o'tdi

Nizomiy nomidagi TDPU Talabalar kasaba uyushmasi va "Ibn-Sino salomatlik maskani" ma'rifat markazi tomonidan 27 oktyabr kuni 1- talabalar turar joyida "Tibbiy madaniyat va tibbiy axloq tushunchasi' mavzusida o'tkazilgan tadbir bo'lib o'tdi

Tadbirda "Hayot faoliyati xavsizligi" kafedrasi katta o'qituvchisi D.Madazizova va "Boshlang'ich ta'lim" fakultetining xotin-qizlar qo'mitasi raisi M.Rustamova ishtirok etishdi. Tadbir boshlanishidan oldin barcha qavatlardagi xonalarning sanitariya-gigienik holati tekshirib chiqildi, aniqlangan kamchiliklar bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi. Shu jumladan 1 qavatning hojatxonasida va nogiron qizlar turadigan seksiyalarda tartibsizliklar aniqlandi. 2 qavatda qizlar turadigan ayrim seksiyalarda kiyim quritgich xona bo'lishiga qaramay kirlar osib qo'yilganligi ham aniqlandi. 3-4 qavatlar ham tekshirib chiqildi va tegishli ko'rsatmalar berildi. Shundan so'ng yig'ilgan qizlar bilan davra suhbati ko'rinishida ochiq muloqot o'tkazildi. D.Madazizova so'zga chiqib, "Tibbiy madaniyat va tibbiy axloq" mavzusida gapirib, talabaning sog'lom bo'lishi uchun eng aavalo oiladagi muhit sog'lom, oila mustahkam bo'lishi lozimligi, ayniqsa toza yurishi, toza kiyinishi va o'z vaqtida to'g'ri ovqatlanishi kerakligi haqida ma'lumot berdi. Tadbir talabalarning tibbiy bilimlarini kengayishiga, o'z salomatligiga har jihatdan e'tiborli bo'lishlariga, sog'lom turmush tarziga amal qilish lozimligini tushunib yetishlariga xizmat qildi.