8- talabalar turar joyida "Tibbiy madaniyat va tibbiy axloq tushunchasi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Nizomiy nomidagi TDPU Talabalar kasaba uyushmasi va "Ibn-Sino salomatlik maskani" ma'rifat markazi tomonidan 30 oktyabr kuni 8- talabalar turar joyida "Tibbiy madaniyat va tibbiy axloq tushunchasi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Tadbirda "Hayot faoliyati xavsizligi' kafedrasi katta o'qituvchisi U.Murodova va Tarix fakultetining xotin-qizlar qo'mitasi raisi Akaeva N, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini Yakubjanov J., jamoatchilik tashkiloti rahbari S.To'rayevlar ishtirok etishdi. Tadbir boshlanishidan oldin barcha qavatlardagi xonalarning sanitariya-gigienik holati tekshirib chiqildi, aniqlangan kamchiliklar bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi. Ayrim qavatlarda kamchiliklar aniqlandi. 4 qavatda qizlar turadigan kiyim quritgich xona bo'lishiga qaramay, kirlar osib qo'yilganligi aniqlandi. 5-6 qavatlar ham tekshirib chiqildi va tegishli ko'rsatmalar berildi. Shundan so'ng yig'ilgan 1-kurs qizlari bilan davra suhbati ko'rinishida ochiq muloqot o'tkazildi. U.Murodova so'zga chiqib, "Tibbiy madaniyat va tibbiy axloq" mavzusida gapirdi. Talabalarga shaxsiy va umumiy gigiena qoidalari to'g'risida tushunchalar berdi. Shundan so'ng S.Safarova so'zga chiqib talabalarni qiynayotgan muammolar to'g'risida so'radi. Talaba qizlar soha mutaxassislaridan Shifokor ginekolog maslahatlari kerakligini aytishdi. Davra suhbati qiziqarli va savol-javoblar tarzida o'tdi.