Boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi

Kafedra : Boshlang’ich ta’lim metodikasi

O’qiv yili : 2012-2013

Magistratura talabasi : Raximova Dilnoza Mamatsobir qizi

Ilmiy rahbar: ped.f.d., professor Abdullayeva Barno Sayfutdinovna

Boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi mavzusidagi

magistrlik dissertatsiyasi ANNOTATSIYASI

Mavzu ning dolzarbligi. Hozirda har bir maktabda ta’lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo’lib turibdi. Buning uchun har bir o’qituvchi o’z fanini o’qitishning eng samarali zamonaviy muammoli texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o’rganib borishi orqali o’z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi bosqich vazifalaridan biridir. Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob bera olishi kerak. Umumiy o’rta-ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun, jumladan uzluksiz matematik ta’lim tizimi jarayonida pedagogik tajribani o’rganish va yoyish, zamonaviy muammoli texnologiyalarning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish zarurdir.

Tadqiqot maqsadi Boshlang’ich sinf matematika darslarida muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari:

- Muammoli darsni tashkil etish bo’yicha uslubiy tavsiya beriladi

-boshlang’ich sinf matematika darslarida muammoli o’qitish metodlaridan foydalanish metodikasi ishlab chiqiladi

Tadqiqot ob’yekti. Umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinfda matematika o’qitish jarayoni.

Tadqiqot predmeti. Boshlang’ich sinf matematika darslarida muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning uslubiy asoslari

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Boshlang’ich sinf matematika darslarida muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqish

Ish tuzilishi va tarkibi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.