Rus tili va o‘qitish metodikasi kafedrasi

1940-yilda “Rus tilshunosligi” (birlamchi nomi) kafedrasi tashkil topgan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.A. Suxoreva kafedra mudiri etib tayinlangan. Kafedrada yuqori malakali mutaxassislar o‘z faoliyatlarini olib borishgan, jumladan: f.f.n., dos. Mordvilko A.P., Danilov P.A., Vayntraub R.M., Serebryanaya F.I., Ryabova Z.A., Xegay M.A. 1963 yilda rus tili va adabiyoti fakulteti institutdan ajralib chiqib, Respublika rus tili va adabiyoti pedagogik instituti tashkil etildi. 1971yili “Rus tilshunoslik” kafedrasi Nizomiy nomli TDPIning filologiya fakulteti tarkibida yana o‘z faoliyatini davom etirdi. Kafedra mudiri lavozimiga p.f.n., dotsent G.M.Axtyamova tayinlandi. Ushbu yillarda kafedrada f.f.n., dotsent Kudrina V.K., f.f.n., prof. Yakubova X.M., p.f.n., dotsent Shexter A.M., dotsent Isakova A.I., dotsent Zimina Ye.I., dotsent Astaxova N.Yu., dotsent Vradiy A.A., f.f.n., dotsent Z.L.Xakimovalar ishlab kelganlar. G.M.Axtyamovaning nafaqaga chiqqanligi sababli, kafedragaf.f.n., professor X.Ya. Yakubova rahbarlik qildi; 1979 yildan 1985 yilgacha kafedraga pedagogika fanlari doktori, professor M.X.Toxtaxodjaeva rahbarlik qildilar; 1985-yildan 1997-yilgacha kafedra mudiri bo‘lib filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ye.I.Ovchinnikova o‘z faoliyatini olib bordi; 1997-yildan 2000-yilgacha–filologiya fanlari nomzodi, dotsent Z.L.Xakimova; 2000-yildan 2006-yilgacha – filologiya fanlari nomzodi,dotsent L.G.Solodnikova; Keyingi yillarda kafedraga rahbarlikni bir nechta professor- o‘qituvchilar amalga oshirishgan; pedagogika fanlari nomzodi, dotsent V.Z. Asadova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.V.Shevsova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent L.I.Karabayevalar. 2010-yil apreldan 2016-yilning avgust oyigacha filologiya fanlari nomzodi O.J.Latipov kafedraga rahbarlik qilgan. 2016-yilning avgust oyidan kafedra mudiri lavozimiga katta o‘qituvchi M.F.Maxmudova tayinlandi. 2017-yil 28-sentyabrdan “Rus tili va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimiga O.J.Latipov saylandi. Xozirgi kunda kafedrada yuqori malakali professor – o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.


1940-yilda “Rus tilshunosligi” (birlamchi nomi) kafedrasi tashkil topgan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent A. A. Suxoreva kafedra mudiri etib tayinlangan. Kafedrada yuqori malakali mutaxassislar o‘z faoliyatlarini olib borishgan, jumladan: f.f.n., dos. A. P. Mordvilko, P. A. Danilov, R. M. Vayntraub, F. I. Serebryanaya, Z. A. Ryabova, M. A. Xegay
1963-yilda rus tili va adabiyoti fakulteti institutdan ajralib chiqib, Respublika rus tili va adabiyoti pedagogik instituti tashkil etildi. 1971-yili “Rus tilshunoslik” kafedrasi Nizomiy nomli TDPIning filologiya fakulteti tarkibida yana o‘z faoliyatini davom ettirdi. Kafedra mudiri lavozimiga p.f.n., dotsent G. M. Axtyamova tayinlandi.
Ushbu yillarda kafedrada f.f.n., dotsent V. K. Kudrina, f.f.n., prof. X. M. Yakubova, p.f.n., dotsent A. M. Shexter, dotsent A. I. Isakova, dotsent Ye. I. Zimina dotsent N. Yu. Astaxova, dotsent A. A. Vradiy., f.f.n., dotsent Z. L. Xakimovalar ishlab kelganlar. G. M. Axtyamovaning nafaqaga chiqqanligi sababli, kafedraga f.f.n., professor X. Ya. Yakubova rahbarlik qildi; 1979-yildan 1985-yilgacha kafedraga pedagogika fanlari doktori, professor M. X. To`xtaxodjayeva rahbarlik qildilar; 1985-yildan 1997-yilgacha kafedra mudiri bo‘lib filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ye. I. Ovchinnikova o‘z faoliyatini olib bordi; 1997-yildan 2000-yilgacha – filologiya fanlari nomzodi, dotsent Z. L. Xakimova; 2000-yildan 2006-yilgacha – filologiya fanlari nomzodi,dotsent L. G. Solodnikova; Keyingi yillarda kafedraga rahbarlikni bir nechta professor-o‘qituvchilar amalga oshirishgan; pedagogika fanlari nomzodi, dotsent V. Z. Asadova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent O. V. Shevsova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent L. I. Karabayevalar.
2010-yil apreldan 2016-yilning avgust oyigacha filologiya fanlari nomzodi O.J.Latipov kafedraga rahbarlik qilgan.
2016-yilning avgust oyidan kafedra mudiri lavozimiga katta o‘qituvchi M. F Maxmudova tayinlandi.
2017-yil 28-sentyabrdan “Rus tili va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimiga O.J.Latipov saylandi.
Hozirgi kunda kafedrada yuqori malakali professor – o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.

Kafedra o'quv jarayonida yuqori malakali mutaxassislarni malaka, tajriba, his-tuyg'ular, modellar va kasbiy faoliyatda maqbul qarorlarni qabul qilish tajribasi darajasida yuqori malakali mutaxassislarni o'z vaqtida tayyorlashni amalga oshiradi, an'analarni saqlab qolish va talabalarga rus tili, madaniyati va urf-odatlariga bo'lgan muhabbatni tarbiyalashga qaratilgan zamonaviy millatlararo munosabatlarda tinchlikparvarlik missiyasini olib boradi.

Rus tili va uni o`qitish metodikasi kafedrasining
Nizomi
I. Umumiy qoidalar
1. mazkur tartib O`zbekiston Respublikasining “ta`lim to`g`risida”gi qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo`lib, vazirlik tasarrufidagi oliy ta`lim muassasalari kafedralari (keyingi o`rinlarda kafedra deb ataladi) faoliyatini tashkil etish, kafedra mudirlari mas`uliyati, o`rni va rolini kuchaytirish, ularning funksional vazifalarini qat`iy belgilash hamda kafedradagi o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma`naviy-ma`rifiy ishlarni yanada takomillashtirish va kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibini belgilaydi.
2. kafedra oliy ta`lim muassasasi yoki fakultetning tarkibiy bo`linmasi hisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo`yicha o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma`naviy-ma`rifiy ishlarni, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Kafedra tarkibiga professor-o`qituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o`qituvchi, o`qituvchi (assistent), o`qituvchi-stajyorlar hamda doktorant, mustaqil-izlanuvchi, shuningdek, injener-texnik va o`quv-yordamchi xodimlar kiradi.
3. kafedraning professor-o`qituvchilari o`zbekiston respublikasi prezidentining 2018-yil 5-iyundagi pq-3375-sonli qaroriga muvofiq ishga qabul qilinadi.
4. kafedra o`quv va ilmiy jarayonlarni ta`minlovchi o`quv xonalari va ilmiy laboratoriyalar, kabinetlar, o`quv markazlar va boshqa bo`linmalarga ega bo`lishi mumkin.
umumkasbiy, ixtisoslik va mutaxassislik fanlaridan dars olib boriladigan kafedralar kadrlar buyurtmachilari bo`lgan korxona (tashkilot)lar hududida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnika bazasidan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
kafedra filiali faoliyati oliy ta`lim muassasasi va korxona (tashkilot) o`rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi.
5. vazirlik tasarrufida bo`lmagan oliy ta`lim muassasalariga ushbu tartibdan bo`ysunuvchi vazirlik (idora)ning buyruq (yoki qaror)lari asosida foydalanish tavsiya etiladi.
II. Kafedrani tashkil etish Va faoliyatini boshqarish
6. kafedra, kamida yetti nafar professor-o`qituvchilardan iborat bo`lib, ularning bir nafari, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga, kamida ikki nafari fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dosent ilmiy unvoniga yoki tegishli mutaxassislik bo`yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (ph.d)ga ega bo`lganda tashkil etiladi.
jismoniy tarbiya, chet tillari, grafika va chizmachilik, rasm va musiqa kafedralari esa kamida yetti nafar professor-o`qituvchi mavjud bo`lib, odatda, ulardan kamida ikki nafari ilmiy daraja yoki unvonga ega bo`lgan taqdirda tashkil etiladi.
bulardan istisno holatlar bo`yicha kafedralarni tashkil etish bo`ysunishiga ko`ra tegishli vazirlik yoki idora bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
7. kafedra fakultet dekaniga yoki bevosita oliy ta`lim muassasasi rektori (o`quv ishlari bo`yicha prorektori)ga bo`ysunadi.
8. kafedraning tuzilishi va uning shtatlari oliy ta`lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
9. kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo`lgan hamda belgilangan tartibda tanlovdan o`tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas`uliyat yuklatiladi.
III. Kafedra mudirining vazifalari
10. kafedra mudirining shaxsiy rejasi oliy ta`lim muassasasining rektori yoki o`quv ishlari bo`yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
11. kafedra mudiri:
- oliy ta`lim muassasasi miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
- kafedra ish rejasi, professor-o`qituvchi va xodimlarining shaxsiy rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
- kafedra pedagog xodimlariga o`quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o`z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
- kafedraga ishga olish, ishdan bo`shatish va xodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, ularni ma`naviy va moddiy rag`batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko`rish to`g`risida oliy ta`lim muassasasi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
- oliy ta`lim muassasasining tegishli xizmat bo`linmalaridan o`quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o`tkazish uchun zarur bo`lgan sharoitlarni ta`minlashni talab etadi;
- belgilangan tartib va muddatlarda o`quv yilidagi faoliyati bo`yicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi.
IV. Kafedra faoliyatini tashkil etish
12. kafedra faoliyati o`quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-axloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o`tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta`lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.
13. kafedraning asosiy faoliyat yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
- kafedra yo`nalishlari va mutaxassisliklari bo`yicha davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta`lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
- kafedra fanlari bo`yicha o`quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o`quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
- darslik, o`quv, uslubiy va ko`rgazmali qo`llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o`quv qo`llanma va o`quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
- o`quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab ajralmagan hollarda) bo`yicha oliy ta`limning davlat ta`lim standartlariga muvofiq tuzilgan o`quv rejalaridagi fanlar bo`yicha belgilangan mashg`ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o`tkazish, ta`lim sifatini ta`minlash;
- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo`yicha tadbirlar o`tkazish;
- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda,talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo`yicha choralar ko`rish;
- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo`lib bajarishga o`rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta`lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta`minlash;
- kafedra o`qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o`quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko`rib chiqish, tajribali o`qituvchilar faoliyatini o`rganish, umumlashtirish va ilg`or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug`ullanishni boshlagan yosh o`qituvchilarga pedagogik malaka va ko`nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o`quv mashg`ulotlarida zamonaviy o`quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o`qitish va mustaqil ta`lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo`lga qo`yish, o`qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o`quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o`qitish elementlarini rivojlantirish;
- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo`yicha nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta`lim hujjatlarining me`yor talablariga javob berishini belgilash bo`yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
- byudjetdan tashqari mablag`larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko`rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari Va boshqa xo`jaliklar bilan aloqa o`rnatish;
- oliy ta`lim muassasasi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bo`lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
- kafedra ixtisosligi bo`yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo`naltirilgan tadbirlar o`tkazish, ta`lim xizmati ko`rsatish tizimini rivojlantirish;
- xorijiy ta`lim muassasalari bilan ta`lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
- talabalarning qiziqishlarini e`tiborga olgan holda turli mavzular, yo`nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo`yicha to`garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo`sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- kafedrada o`qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to`liq va sifatli o`tkazilishini ta`minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;
- institut axborot-resurs markazini kafedra ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o`quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to`ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish.
14. kafedrada quyidagi hujjatlar bo`lishi kerak:
- o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tarbiyaviy ishlarni qamrab olgan ish rejalari;
- talabalarda vatanparvarlik, o`z vatani bilan faxrlanish, boy milliy an`analarga, xalq merosiga va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga yo`naltirilgan talabalar turar joylarida o`tkaziladigan tadbirlar rejalari;
- kafedra fanlari bo`yicha amaldagi me`yoriy, o`quv-uslubiy va boshqa hujjatlar;
- anketa ma`lumotlariga ega bo`lgan kafedra tarkibining ro`yxati (stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun tadqiqot mavzulari, rahbarlari va tadqiqotning bajarilish muddati ko`rsatilgan bo`lishi kerak);
- majlislar bayonnomalari.
VI. Yakunlovchi qoidalar
19. Mazkur tartibda belgilangan qoidalar bo`yicha nizolar amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida hal etiladi.

Chet tillar fakulteti dekani:
_______________ mamadaliev A.M.
rus tili va uni o`qitish metodikasi
Kafedrasi mudiri: __________ latipov O.J.

Mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha konseptual asoslarni ishlab chiqish (filologiya bakalavrlari, rus tili o'qituvchilari).
Kafedraning "Rus tili va uni o'qitish metodikasi" fanidan ta'lim dasturlari bankini yaratish.
1. Kafedrada o'qitiladigan fanlar bo'yicha o'quv dasturlarini ishlab chiqish.
2. Ilmiy fanlar, maxsus kurslar uchun multimediya komplekslarini rivojlantirish.
3. Mutaxassislarni kasbiy tayyorgarlik sifatini o'lchash metodologiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Respublika va xalqaro konferensiyalarda talabalar ishtirokida ijodiy ustaxonalar ishini takomillashtirish.
5. Mutaxassislarning (filologiya fakultetlarining) kunduzgi va xabardor shakllari bo'yicha malakasini oshirish.
6. Fakultet professor-o'qituvchilari ilmiy darajasini oshirish.