Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi

2000-yilda Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi tashkil topdi. Bu kafedraga dastlab professor Q.M.Musaev, keyin dotsent Q.Shodmonov va dotsent S. Shamurotovalar rahbarlik qildilar.

2000-yilda “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi tashkil topdi. Bu kafedraga dastlab professor Q.M.Musaev, keyin dotsent Q.Shodmonov va dotsent S. Shamurotovalar rahbarlik qildilar. 2004-2012 yillarda yildan boshlab f.f.n. dotsent G.Ya. Alimova ushbu kafedraga rahbarlik qilgan. 2012-yilda A.D. Abdiyeva, 2013-2016 yillarda p.f.n. Z.R. Abdujabborova, 2016-2017 yillarda M.A.Mirzaaxmedov kafedra mudiri bo‘lgan. Hozirgi paytda O.N.Yusupov kafedra mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedrada 12 ta asosiy shtat mavjud bo‘lib, unda 1 ta dotsent, 5 ta - katta o‘qituvchi, 6 ta - o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedrada 3 ta ta’lim yo‘nalishi: 5111400 - ingliz tili amaliy kursi fani (1-8 semestrlarda), 5111400 - chet tili (ingliz tili) olmon tili va adabiyoti yo‘nalishi (1-6 semestrlarda), barcha yo‘nalishlar uchun – Amaliy xorijiy til (ingliz tili) magistratura yo‘nalishi (3 semestrda), 5111400 - Ingliz tili amaliy kursi, Til aspektlari amaliyoti, O‘qish va yozuv amaliyoti, Nutq malakalari integratsiyasi, Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari fanlari (1-4 semestrlarda) o‘qitiladi. Kafedrada Ingliz tili amaliy kursi, Ingliz tili amaliy kursi, Til aspektlari amaliyoti, O‘qish va yozuv amaliyoti, Nutq malakalari integratsiyasi, Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari fanlaridan bakalavriat va magistratura uchun namunaviy va ishchi o‘quv dasturlar yaratilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar mazkur me’yoriy hujjatlar asosida o‘z darslarini olib borishadi. Kafedrada o‘qitilayotgan fanlardan o‘quv adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlangan. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi 3 yil davomida 3 ta darslik, 7 ta elektron darslik, 4 ta o‘quv-metodik qo‘llanma, 6 ta metodik qo‘llanma hamda talabalarni mustaqil ishlashi uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Kafedrada respublika miqyosida turli ilmiy konferensiyalar ham tashkil etib boriladi. Jumladan, 2010 yil 17-18 dekabr kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ilmiy konferensiyalar rejasiga muvofiq Chet tillar fakultetida Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi tomonidan “Chet til o‘qitishda mustaqil ishlar nazariyasi va amaliyoti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradigan professor – o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Kafedrada korporativ hamkorlik ishlari ham yuqori saviyada tashkil etilgan. Innovatsion korporativ hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida kafedra qoshida innovatsion guruhlar tuzilgan. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy tillar filologiya fakultetining Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariya kafedrasi, Jahon Tillar Universitetining 2-ingliz filologiyasi kafedralari mazkur guruhga jalb etilgan bo‘lib, ular bilan hamkorlik ishlari samarali ravishda olib borilmoqda. Hamkorlik asosida ilmiy tajribalar almashish, til amaliyotini tashkil qilish, metodik qo‘llanma yaratilish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 5- akademik litsey, Toshkent davlat radiotexnika va avtomatika kolleji, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi akademik litseylar bilan ham hamkorlik aloqalari tashkil etilgan. Kafedrada moddiy texnik bazasi bugungi kun talabalariga javob beradi. Kafedra zamonaviy kompyuterlar va boshqa texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Kafedra bibliotekasida 200 dan ortiq kitoblar, 100 ga yaqin audio – video kasseta va filmlar mavjud


2000-yilda Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi tashkil topdi. Bu kafedraga dastlab professor Q.M.Musayev, keyin dotsent Q.B.Shodmonov va dotsent S.N.Shamurotovalar rahbarlik qildilar. 2004-2012-yillarda f.f.n. dotsent G.Ya.Alimova ushbu kafedraga rahbarlik qilgan. 2012-yilda A.D.Abdiyeva, 2013-2016-yillarda p.f.n. Z.R.Abdujabborova, 2016-2017-yillarda M.A.Mirzaaxmedov kafedra mudiri bo‘lgan. Hozirgi paytda O.N.Yusupov kafedra mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedrada 25ta asosiy shtat mavjud bo‘lib, unda 2ta dotsent, 5ta katta o‘qituvchi, 13ta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Kafedra faoliyati o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy o`quv yili bo`yicha rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o`tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.
Professor-o`qituvchilar va xodimlarning shaxsiy ish rejalari asosiy xujjat hisoblanib, u o`z ichiga o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab oladi.
Professor-o`qituvchilarning belgilangan tartibda tanlovdan o`tish, lavozimlarga tavsiya etish jarayonida ularning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi darajasi asosiy mezonlardan hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim
Vazirligining 2017 yil 28 apreldagi
№ 267-sonli buyrug’iga asosan

Ingliz tili amaliy kursi kafedrasining
NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur tartib O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kafedralari (keying o’rinlarda kafedra deb ataladi) faoliyatini tashlik etish, kafedra mudirlari ma’suliyatini, o’rni va rolini kuchaytirish, ularning funksional vazifalarini qat’iy belgilash xamda kafedradagi o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish va kafedra mudirlari faoliyatini baxolab boorish tartibini belgilaydi.

2. Kafedra oliy ta’lim muassasasi, fakultetning tarkibiy bo’linmasi xisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo’yicha o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Kafedra tarkibiga professor-o’qituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o’qituvchi, o’qituvchi (assistant), o’qitucvhi stajyorlar xamda doktorant, mustaqil izlanuvchi, shuningdek, injener –texnik va o’quv –yordamchi xodimlar kiradi.

3. Kafedraning professor-o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevralida 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizom”ga muvofiq tanlov asosida isga qabul qilinadi.

4. Kafedra o’quv va ilmiy jarayonlarni ta’minlovchi o’quv xonalari va ilmiy laboratoriyalar, kabinetlar, o’quv markazlar va boshqa bo’linmalarga ega bo’lishi mumkin.
Umumkasbiy, ixtisoslik va mutaxasislik fanlaridan dars olib boriladigan kafedralar kadrlar buyurtmachilari bo’lgan korxona (tashkilot)lar xududida filiallar tashlik etishi va ularning moddiy-texnika bazasidan kelishilgan xolda foydalanishi mumkin.
Kafedra filiali faoliyati oliy ta’lim muassasasi va korxona (tashkilot) o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi.

5. Vazirlik tasarrufida bo’lmagan oliy ta’lim muassasalariga ushbu Tartibdan bo’ysinuvchi vazirlik (idora)ning buyruq (yoki qaror)lari asosida foydalanish tavsiya etiladi.

II. Kafedrani tashkil etish va faoliyatini boshqarish

6. Kafedra, kamida yeti nafar professor-o’qituvchilardan iborat bo’lib, ularning bir nafari, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga, kamida ikki nafari fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dotsent ilmiy unvoniga yoki tegishli mutaxasislik bo’yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (Ph.D)ga ega bo’lganda tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya, chet tillari, grafika va chizmachilik, rasm va musiqa kafedralari esa kamida yeti nafar professor –o’qituvchi mavjud bo’lib, odatda, ulardan kamida ikki nafari ilmiy daraja yoki unvonga ega bo’lgan taqdirda tashkil etiladi.
Bulardan istisno xolatlar bo’yicha kafedralarni tashkil etish bo’sunishga ko’ra tegishli vazirlik bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi.

7. Kafedra fakultet dekaniga yoki bevosita oliy ta’lim muassasasi rektori (o’quv ishlari bo’yicha prorektori)ga bo’ysunadi.

8. Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.

9. Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik bo’yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (Ph.D)ga ega bo’lgan xamda belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi Kengashida tanlovdan o’tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy ma’suliyat yuklanadi.

III. Kafedra mudirining vazifalari

11. Kafedra mudiri:
Bevosita kafedra faoliyatini tashkil etadi:
oliy ta’lim muassasasi miqiyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
kafedra ish rejasi, professor-o’qituvchi va xodimlarning shaxsiy ish rejalari xamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa xujjatlarni tasdiqlaydi;
kafedra professor-o’qituvchilariga o’quv yuklamalarini taqsimlaydi xamda ularning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
ishlab chiqarish tashkilotlari bilan xamkorlikni o’rnatadi va muntazam rivojlantirib boradi;
kafedraga ishga olish, ishdan bo’shatish va xodimlarni yangi lavozimlarga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko’rish to’g’risida oliy ta’lim muassasasi rektoriga takliflar kiritadi;
oliy ta’lim muassasasining tegishli xizmat bo’linmalari bilan birgalikda o’quv-tarbiyaviy xa ilmiy tadqiqot jarayonini talab darajasida o’tqazish uchun zarur bo’lgansharoitlarni ta’minlash choralarini ko’radi;
belgilanga tartib va muddatlarda o’quv yilidagi faoliyati bo’yicha kafedra xisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida xisobot beradi.
Kafedra mudirining shaxsiy ish rejasi fakultet dekani (yoki oliy ta’lim muassasasining o’quv ishlari bo’yicha prorektori) tomonidan tasdiqlanadi.
Kafedralar xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo’shimcha vazifalar oliy ta’lim muassasasi rektori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin.

IV. Kafedra faoliyatini tashkil etish

12. Kafedra faoliyati o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy o’quv yili bo’yicha rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o’tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.
Professor-o’qituvchilar va xodimlarning shaxsiy ish rejalari asosiy xujjat xisoblanib, u o’z ichiga o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab oladi.
Professor-o’qituvchilarning belgilangan tartibda tanlovdan o’tish, lavozimlarga tavsiya etish jarayonida ularning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi darajasi asosiy mezonlardan xisoblanadi.

13. Kafedraning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
o’quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan xollarda) bo’yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalaridagi fanlar bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish ta’lim sifatini ta’minlash;
professor-o’qituvchilarning o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv rejalar va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib boorish asosida takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;
turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;
o’quv adabiyotlarini tayyorlash xamda o’quv adabiyotlariga xulosalar berish;
talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyixalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, shuninhdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, shu jumladan, ularni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, davlat stipendiyalari va boshqa xalqaro va respublika miqiyosida turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash;
zamonaviy pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishni boshlagan yosh professor-o’qituvchilarga pedagogic malaka va ko’nikmalarni egallashda amaliy yordam berish;
o’quv mashg’ulotlarida zamonaviy texnika vositalaridan, yakka tartibda o’qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish, o’qitishning zamonaviy usullari va vositalari bilan masofali o’qitish elementlarini rivojlantirish;
oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorant va doktorant bo’lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib boorish;
kafedrada o’qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to’liq va sifatli o’tkazilishini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo’nalishlari va mutaxasissliklariga oid yangi o’quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to’dirib borilishi va yangilanishini doimiy monitoring qilish;
ta’lim xujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo’yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo’yicha dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish;
professor – o’qituchliarning tizimli ravishda respublika va xorijda malakasini oshirib borishini tashkil etish;
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, ilm-fan va oliy ta’lim soxalarida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari xamda ilmiy markazlar bilan xamkorlikni kuchaytirish;
tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga ko’maklashishi,ta’lim, fan va ishlab samarali integratsiyasini ta’minlash.

14.Kafedrada quyidagi xujjatlar bo’lishi kerak:

kafedra faoliyati uchun zarur bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar;
o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab olgan ish rejalari hamda hisobotlar;
o’quv yuklamalari, kafedra a’zolarining shaxsiy ish rejalari, ularning bajarilishi yuzasidan xisobotlar;
professor o’qituvchilartomonidan o’tiladigan darslarni qayd etish jurnali:
kafedra professor-o’qituvchilari dars beradigan ganlar bo’yicha talabalar bilimining nazoratini qayd etish jurnali;
anketa ma’lumotlariga ega bo’lgan kafedra tarkibining ro’yxati (mustaqil izlanuvchi va doktorantlar uchun tadqiqot mavzulari, rahbarlari va tadqiqotning bajarilish muddati ko’rsatilgan bo’lishi shart) ;
majlislar bayonnomalari.

V. Kafedra mudiri faoliyatini baholash

15. Kafedralar faoliyati oliy ta;lim muassasasi rektori buyrug’I bilan tuziladigan Maxsus komissiya tomonidan o’quv yili davomida o’rganib boriladi va baxolanadi.

16. Kadfedra professor-o’qituvchilari har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10 fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan ”Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizom ”ilovasida keltirilgan “Oliy ta’lim muassasasi kafedrasi prosfessor- o’qituvchilarning faoliyatini baxolash ko’rsatkichlari va mezonlari” ga asosan baholanadi.
17. Kafedra professor-o’qituvchilarining faoliyatini baholash natijalarining o’rtachasi mazkur kafedra mudiri faoliyatiga qo’yilgan baho hisoblanadi.
18. Oliy ta’lim muassasasi rektori Maxsus komissiyaning ma’lumotiga ko’ra kafedra mudirlari faoliyati natijalarini oliy ta’lim muassasasi Kengashida muhokamaga qo’yadi va tegishli chora tadbirlarni belgilaydi.

VI. Yakunlovchi qoidalar

19. Mazkur tartibda belgilangan qoidalar bo’yicha nizolar amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida hal etiladi.

Kafedra faoliyati o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma`naviy-ma`rifiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy o`quv yili bo`yicha rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o`tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta`lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.
Professor-o`qituvchilar va xodimlarning shaxsiy ish rejalari asosiy xujjat hisoblanib, u o`z ichiga o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma`naviy-ma`rifiy ishlarni qamrab oladi.
Professor-o`qituvchilarning belgilangan tartibda tanlovdan o`tish, lavozimlarga tavsiya etish jarayonida ularning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi darajasi asosiy mezonlardan hisoblanadi.
Kafedraning asosiy faoliyat yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
o`quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo`yicha oliy ta`limning davlat ta`lim standartlariga muvofiq tuzilgan o`quv rejalaridagi fanlar bo`yicha belgilangan mashg`ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o`tkazish ta`lim sifatini ta`minlash;
professor-o`qituvchilarning o`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil etish;
yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
davlat ta`lim standartlari, malaka talablari, o`quv rejalar va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta`lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish asosida takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;
turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o`quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;
o`quv adabiyotlarini tayyorlash hamda o`quv adabiyotlariga xulosalar berish;
talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, shu jumladan, ularni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, davlat stipendiyalari va boshqa xalqaro va respublika miqiyosida turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash;
zamonaviy pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish pedagogik faoliyat bilan shug`ullanishni boshlagan yosh professor-o`qituvchilarga pedagogik malaka va ko`nikmalarni egallashda amaliy yordam berish;
o`quv mashg`ulotlarida zamonaviy texnika vositalaridan, yakka tartibda o`qitish va mustaqil ta`lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo`lga qo`yish, o`qitishning zamonaviy usullari va vositalari bilan masofali o`qitish elementlarini rivojlantirish;
oliy ta`lim muassasasi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorant va doktorant bo`lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
kafedrada o`qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to`liq va sifatli o`tkazilishini ta`minlash;
oliy ta`lim muassasasi axborot-resurs markazini kafedra ta`lim yo`nalishlari va mutaxasissliklariga oid yangi o`quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to`dirib borilishi va yangilanishini doimiy monitoring qilish;
ta`lim xujjatlarining me`yor talablariga javob berishini belgilash bo`yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo`yicha dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish;
professor – o`qituchliarning tizimli ravishda respublika va xorijda malakasini oshirib borishini tashkil etish;
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o`tkazish, ilm-fan va oliy ta`lim sohalarida yetakchi xorijiy oliy ta`lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga ko`maklashishi,ta`lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta`minlash.