Chet tillar fakultetida ilmiy va kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklarning faoliyati

Joriy 2015-2016 o‘quv yilida Chet tillar fakultetida ilmiy va kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklar quyidagilarni tashkil qiladi:

Ular: 1. “Компьютерная лингводидактика” (Ilmiy to‘garak). Ushbu to‘garak uning rahbari Rus tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi O.V.Kon tomonidan har haftaning seshanba kuni soat 11.00-13.00 da tashkil etiladi; 2. Yosh lingvodidaktlar (Ilmiy to‘garak). Ushbu to‘garak uning rahbari Ingliz tili nazariyasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi M.A.Xusanova tomonidan har oyning oxirgi juma kunlari, soat 14.00 dan 16.00 gacha tashkil etiladi; 3. “Deutsch mit Spass” (Kasbiy to‘garak). Ushbu to‘garak talabalarni nemiszabon mamlakatlar bilan yaqindan tanishtirish, nemiszabon mamlakatlarning tarixi, madaniyati, turli-tuman bayram, an’analari bilan yaqindan tanishtirish, talabalarning fikrlash doirasini kengaytirish, nemis tilida fikrini bayon qila olishga o‘rgatish bo‘lib, uning rahbari Nemis tili nazariyasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi S.X.Nazarov tomonidan haftaning har juma kunlari, soat 14.30 da tashkil etiladi; 4. “Globus” ilmiy to‘garagi. Talabalarni inglizzabon mamlakatlar bilan yaqindan tanishtirish, inglizzabon mamlakatlarni tarixi, jug‘rofiyasi, sanoati, madaniyati, turli-tuman bayram, an’analari bilan yaqindan tanishtish, talabalarning fikrlash doirasini kengaytirish, ingliz tilida fikrini bayon qila olishga o’rgatish bo‘lib, ushbu to‘garak faoliyati Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchilari M.D.Toirova hamda M.Mirzaaxmedovlar tomonidan haftaning har juma kunlari, soat 14.00 da tashkil etiladi; 5. «Русский язык и культура речи» (Ilmiy to‘garak). Ushbu to‘garak uning rahbari Rus tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Z.S.Babayeva tomonidan har haftaning chorshanba kuni soat 15.00-16.30 da tashkil etiladi; 6. "Orfey" to‘garagi. Ushbu to‘garak uning rahbari Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Yu.U.Matenova tomonidan har haftaning Seshanba, payshanba kunlari, soat 11-30 da tashkil etiladi.