“Dutorchi qizlar” ansambili

“Musiqiy ta’limi” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Moxira Alieva “Dutorchi qizlar” ansambili konsert dasturida ishtirok etdi

G‘anijon Toshmatov nomidagi “Dutorchi qizlar” ansamblining “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta zalida konsert dasturini namoyish etdi. Ushbu konsert dasturida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Moxira Alieva tojik xalq kuyi “Jovona” kuyini ijro etib tomoshabinlar olqishiga sazavvor bo‘ldi. M.Alieva Toshkent madaniyat kollejida Ulug‘bek Yunusov sinfida o‘qigan. Yoshligidan dutor cholg‘usida o‘zbek va tojik xalq kuylarini ijro etib kelmoqda. 2014 yil aprel oyida Belarussiyaning Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Kubok Yevropы” xalqavro ko‘rik tanlovida faxirli 1-o‘rinni egallagan. Xozirga kunda “Musiqiy ta’lim” kafedrasi dotsenti Sh.Raximov qo‘zlida dutor saboqlarini o‘rganmoqda.