Ximoya tartibi

Bakalavr yoki magistr diplomiga yohud oliy harbiy ta’lim muassasalari diplomiga ega bo’lgan shaxslar uchun 1. Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash bo’yicha test sinovlaridan o’tish (muassasalar ro’yxati ilovada keltirilgan). 2. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutlari asosida doktorlik dissertatsiyasi mavzusini o’rnatilgan tartib[2]da tasdiqlash. 3. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusini O’zbekiston Respublikasi OAKda ro’yxatdan o’tkazish va e’lon qilish. 4. Quyidagi malakaviy imtihonlarni topshirish (malakaviy imtihonlar sessiyalar shaklida yiliga uch marta: fevral, may va noyabr oylarida belgilangan reja asosida qabul qilinadi): – «CHet tili» fani (CHet tili sifatida ingliz, frantsuz yoki nemis tillarining biridan malakaviy imtihon topshirish mumkin. Dissertatsiyani bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda ish bajarilayotgan muassasaning murojaati asosida O’zR OAK ruxsati bilan malakaviy imtihon ana shu tildan topshiriladi); – dissertatsiya mavzusiga muvofiq bo’lgan ixtisoslik bo’yicha. 5. Doktorlik disertatsiyasini ish bajarilgan tashkilotning ilmiy seminarida muhokama qilish. 6. Dissertatsiyani fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashga dastlabki muhokama uchun taqdim etish (ish bajarilgan tashkilot yo’llanma xati asosida). 7. Dissertatsiyani fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashga himoya uchun qabul qilish. 8. Doktorlik dissertatsiyasining ochiq himoyasi.