«TA’LIM VA KARYERA» 8 - xalqaro kо‘rgazmasi

2013 yilning 19-21 fevral kunlari «О‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi (Fond Forum), О‘zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat Palatasi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi va О‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi, Yoshlarni ish bilan taminlashga kо‘maklashish markazi va «SSP-Expocontact» kompaniyasi sakkizinchi xalqaro «Ta’lim va Karyera» kо‘rgazmasini tashkil qiladi. Manzil: Yoshlar Ijod Saroyi, Mustaqillik kuchasi 2, mо‘ljal «Mustaqillik maydoni» metrosi. Kо‘rgazmaning asosiy maqsadi: О‘zbekiston Respublikasi va horijiy mamlakatlar о‘quv yurtlarida, zamonaviy metodikalar asosida ta’lim berishlari bilan tanishtirish, о‘zaro tajriba almashishga kо‘maklashish, shuningdek yoshlarga va keng ommaga о‘zlarini qiziqtirgan mutaxasisligi buyicha bilim olishlari uchun, о‘quv yurtlarini tanlashga yordam berish. Kо‘rgazmaning vazifalari: - О‘zbekiston Respublikasi va horijiy mamlakatlar о‘quv yurtlarida qaysi mutaxasisliklar bо‘yicha ta’lim olishning imkoniyatlari borligi xaqida ma’lumot berish; - Yoshlarda mutaxasislik tanlashga qiziqtirish uyg‘otish va shu sohada ta’lim olishga jalb etish; - Ikkinchi kasb-xunar о‘rganish yoki о‘z kasbi bо‘yicha malakasini oshirish istagida bо‘lgan shaxslarga ta’lim olish uchun о‘quv yurtini topishga yordam berish; - О‘quv yurtlarini jixozlash uchun ishlab chiqarilgan, texnik vositalar, о‘quv-metodologik adabiyotlar, mebel-jixozlar va kompyuterlashtirishning eng oxirigi yutuqlari bilan tanishtirish. Kо‘rgazmaning asosiy yunalishlari: - Oliy о‘quv yurtlari; - О‘rta maxsus ta’lim muassasalari; - О‘quv markazlari; - Malakani oshirish institutlari; - Xususiy maktablar, til markazlari; Kо‘rgazmaning yordamchi yо‘nalishlari: - Ta’lim muassasalari uchun dasturlar; - Ta’limdagi informatsion texnolgiyalar; - О‘quv qо‘llanmalar; - О‘quv mebeli va kanselyariya jixozlari; - Sport jixozlari. Kо‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar – maktab, koledj va litsey о‘quvchilari, abituriyentlar, talabalar, ularning ota-onalari, о‘quv muassasalarining vakillari, shunindek barcha qiziquvchilar. Kkо‘rgazma о‘tkazilish davrida mamlakatimizning 35 dan otiq institut va universitetlari, 40 dan ziyod о‘quv markazlari, hamda Yevropa, Osiyo, Latviya, Rossiya va bir qancha boshqa mamlakat universitetlari ishtrok etdi.«Ta’lim va Karyera » kо‘rgazmasiga umumiy xisobda 30.000 dan ortiq odam tashrif buyurdi. Tashrif buyurganlarning asosiy qismi 14-25 yoshdagi yoshlar bо‘ldi. Ishtork etish shartlari: Kо‘rgazmada ishtirok etishni istagini bildirgan jismoniy va yuridik shaxslar, tashkilotchining nomiga belgilangan shakldagi arizani jо‘natib, shartnoma tuzadi. Stendning minimal xajmi 9 kv.m., uchta devor, 1stol, 2 stul, 1 urna, 220B quvvatdagi elektr tarmog‘i, 2ta chirok, friz yozuvi, katalog (ishtirokchilar xaqida ma’lumot), ishtrokchilar uchun 2 ta beydjik (ruxsatnoma). Kо‘rgazma yakunida ishtrokchilari faxriy yorliq bilan taqdirlanadilar. Kо‘rgazma tashkilotchisi: SSP-Expocontact 100070, О‘zbekiston Respublikasi Toshkent sh. SH.Rustavelli k. 22 Murojat uchun telefon.: +99871 256-35-13, 256-36-14 Faks: +99871 256-36-13 YE-mail: ssp-expocontact@mail.ru Xalqaro kо‘rgazmada ishtirokingiz – bu о‘zingizning maxsus fakultet va bо‘limlaringizni tanishtirish, u yoki bu talim olish shaklining afzalliklarini namoyon qilish imkoni! Sizlarni kо‘rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz.