Professor-o’qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi

O’qitishning sifat va samaradorligini oshirish bo’yicha fakultet dekani B.S.Abdullaeva tomonidan “Musiqiy ta’lim” yo’nalishi professor-o’qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi

2016 yil 15 fevral kuni “Musiqa ta’limi” yo’nalishida 2015-2016 o’quv yili 1-yarim yilligi yakunlari hamda 2-yarim yillik boshlanishi munosabati “Musiqiy ta’lim” kafedrasi tomonidan dars jarayonlarining tashkil etilishi, mavjud kamchilimk va muammolar yuzasidan Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor B.S.Abdullaeva, fakultet dekaning o’quv ishlari bo’yicha muovini N.Muxiddinova, manaviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan muovini B.Pardaev hamda “Musiqiy ta’lim” kafedrasi mudiri, s.f.n. Q. Panjiev professor-o’qituvchilar hamda har bir guruh talabalari bilan uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuvda JN, ON hamda YaN natijalari bo’yicha akademik qarzdor talabalar, davomati past bo’lgan talabalar, kiyinish madaniyati, to’lov-kontrakt to’lovlarini amalga oshirilishi, TTJda yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularda talabalar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar, dars mashg’ulotlarga kechikib kelishni oldini olish, BMIning borishi, DAlariga tayyorgarlik, universitetning ichki tartib qoidalariga rioya etish kabi qator masalalarga to’xtalib o’tib, tegishli taklif va tavsiyalarni berib o’tdi. Mazkur masalalar yuzasidan talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.