Nizomiy nomidagi TDPU iqtidorli talabalar faoliyati haqida

Universitetda iqtidorli talabalar bilan ish olib borishning o'ziga xos tizimi yaratilgan.

Universitetda iqtidorli talabalar bilan ish olib borishning o'ziga xos tizimi yaratilgan. Xususan, talabalarni 2 kursdan boshlab ilmiy tadqiqot ishlariga ko'proq jalb etish, "Ustoz- shogird" tizimi asosida ishlash, ularni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari tanlovlari, Respublika talabalar fan olimpiadalariga tayyorlash, shuningdek, turli tanlovlarda qatnashishlarini tashkil qilish bo'yicha universitetda keyingi uch yil mobaynida rejali ravishda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2011 yilda 2 nafar talaba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori, 4 nafar talaba Navoiy, M. Ulug'bek nomli Davlat stipendiyalar g'olibi bo'ldilar. Bu ko'rsatkichlar 2012 yilda ham saqlanib qoldi. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Navoiy, M. Ulug'bek nomli Davlat stipendiyalari tanloviga 37 nafar (ulardan 32 nafari bakalavriat yo'nalishidan, 5 nafari magistratura yo'nalishidan) nomzodlar tavsiya etilgan. Ayni kunlarda ular tanlovning birinchi bosqichida sinov imtihonlarini topshirmoqdalar. Talabalar fan olimpiadasining respublika bosqichida salmoqli yutuqlarni qo'lga kiritmoqdalar. 2011 yilda 10 nafar, 2012 yilda 9 nafar, 2013 yilda 13 nafar talabalar respublika fan olimpadasi sovrindorlari bo'ldilar. Shuningdek, talabalarimiz xalqaro, respublika miqyosidagi konferentsiyalarda ham faol ishtirok etmoqdalar, shuningdek, bir qator talabalarimiz ilmiy loyihalarning ijrochilari hisoblanadi. 1 nafar talaba Germaniyaning DAAD akademik almashuv xizmati tomonidan tashkil etilgan iqtidorli talabalar uchun Dasturida ishtirok etib, 2011 yil 14 iyuldan 1 oy muddat davomida Germaniyada nemis tili bo'yicha malaka oshirdi. Universitetimizning ma'naviy-ma'rifiy hayotida ham talabalarimiz faol ishtirok etib kelmoqdalar. Xususan, universitet miqyosida o'tkazilgan "Eng namunali ma'naviyat va ma'rifat xonasi", "Eng obod talabalar turar joyi", "Ma'naviyat kuni", "Talabalar bahori" , "Men ingliz tilini bilaman" ko'rik tanlovlarida talabalar o'zlarining iqtidori va shijoatini to'liq namoyon etib, muvaffaqiyatli qatnashdilar. Bu ko'rsatkichlar universitetda jonkuyar ustozlar va tashabbuskor talabalarimizning fidokorona mehnati evaziga erishilganligi shubhasizdir. Universitetimizning faxri bo'lgan ijodkor, izlanuvchan talabalarga bundanda ulkan marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.