Universitetimizning faol talabalari “Bilimdon” intellektual о‘yinida

Universitetmizning bir guruh faol va iqtidorli talabalari Tarix fakulteti 3 kurs talabasi, “Kamolot” YOIH ning faol a’zosi Davlatbek Raxmonberdiyev sardorligidagi jamoa “О‘zbekiston” telekanali orqali namoyish etiladigan “Bilimdon” intellektual о‘yinlarining doimiy ishtirokchisiga aylandi.

Bugungi kungacha talabalarimiz mazkur intellektual о‘yinda 4 marotaba ishtirok etdilar. Jamoa tarkibida universitetning Tarix fakulteti talabalaridan tashqari Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetining iqtidorli talabalari ham mavjud.