TALABANING USTOZLARIGA TABRIGI

Ilk qo`limizga qalam ushlatib, qalbimizni ziyoga to`ldiradigan, murg`ak yuragimizda vatanga muhabbatimizni shakllantirib, xalqimiz xizmatida bo`lish oliy saodat ekanligini o`qtirib o`rgatadigan ustozdir.

Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan biz yoshlarni vatanparvar hamda hayotda chin inson bo'lishimiz, Vatanimizga, xalqimizga fidoyi va halol xizmat qiladigan insonlar bo'lib yetishishishimizga xizmat qiladi. Ustoz-har bir insonning hayotida juda muhim iz qoldiradi. Shu birgina so'z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Bularning faoliyati qanchalik sermashaqqat bo`lmasin xalqimizni ma`nan yetuk, ertamiz egalari deya ta`kidlanayotgan biz yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog'lom qilib voyaga yetkazishda o`z mehnatlarini ayamay mehnat qilib kelmoqdalar. Har bir insonning xox yosh, xox qari, xox san`atkor xox ijodkor bu kabi mashhur insonlarning aynan yuqori cho'qqilarga erishishlari ham, shu kasbga mehr uyg`otgan, hayotda o`z o`rnini topishda hayot tajribasidan kelib chiqqan xolda ota-onalarimizdek jon kuydirgan ulug` zot – ustozlarning beqiyos zahmati mevasidir. Hammamiz bilamizki O'qituvchi – mas'uliyatli va mashaqqatli kasb, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan. Quyosh o'z nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, o'qituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan biz o'quvchi-yoshlar qalbini ilm ziyosi bilan to'ldirishga axd qilgan buyuk kasb egasidir. Hayotning go'zalligi, farovonligi, qolaversa, istiqlolimizning ravnaqi-muallim mehnati bilandir. O'z davrining mashhur pedagogi Abdulla Avloniy "har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdir", deb yozgan edi. Haqiqatdan, ota-ona bizni voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o'sishimizga, kamolatga erishishishimizga, ilm-ma'rifat cho'qqilarini zabt etishishimizga ko'maklashadi. O'z umrini, qalb qo'rini, aql-idrokini, tajribasi va bilimini biz yosh avlodni tarbiyasi yo'lida sarf etadi. Yutuqlarimizni ko'rib quvonadi, muvaffaqiyatsizliklarimizdan g'am-anduh chekadi. Biz yoshlarni, millat kelajagini odamiylikka tayyorlayotgan, turfa mashaqqatlarni shogirdlarning kamolini ko`rish istagida harakat qilayotgan ustoz va murabbiylarimiz bor bo`lsin. Nafaqat o`qituvchilik kasbidagi ustozlarimiz, balki, hayot yo`lida bizga nimanidir o`rgatishga muvaffaq bulgan murabbiylarimiz umrlariuzun bo`lsin. Aziz ustozlar bayramingiz qutlug` bo`lsin. Malika Anvarova 1-kurs Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va xuquq yо‘nalishi talabasi