“Uch avlod uchrashuvi”

Mazkur tadbir O’zteleradiokompaniyasining “O’zbekiston 1-kanali”, “Assalom O’zbekiston” dasturi orqali efirga uzatish uchun yozib olindi

“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi Mamlakatimizda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o’rni beqiyos. Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida har oyning oxirgi payshanba kuni “Ma’naviyat kuni” sifatida Respublikamizdagi taniqli shoir va yozuvchilari, san’atkorlari, siyosatchilar, iqtisodchilar, teatrshunos va aktyorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o’tkazib, Toshkent shahridagi tarixiy qadamjolar, muzey va tarixiy obidalar, badiiy ko’rgazmalarga tashrif buyurib, o’zlari uchun ma’naviy kuch quvvat olib kelmoqdalar. 2016 yil 27 oktyabr kuni “Musiqiy ta’lim” kafedrasi tomonidan universitetning katta majlislar zalida “Uch avlod” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda Respublikamizda taniqli “Tantana” guruhi va uning badiiy rahbari “Sog’lom avlod” ordeni sovrindorlari opa-singil Fotima va Zuxra Ziyomuxammedovalar ishtirok etdilar. Mazkur tadbirni “Musiqiy ta’lim” kafedrasi mudiri Q.Panjiev olib bordi. Uchrashuv yuqori saviyada bo’lib o’tdi. “Tantana” guruhi o’zlarining badiiy chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbirda universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Qo’ysinov ishtirok etib, mazkur tadbirdan olinayotgan xulosalar samarali bo’lishi, har kim o’zi uchun kelajakda tanlagan yo’li uchun sidqi dildan xizmat qilishi lozimligi xususida fikr-mulohaza bildirib o’tdilar. Mazkur tadbir O’zteleradiokompaniyasining “O’zbekiston 1-kanali”, “Assalom O’zbekiston” dasturi orqali efirga uzatish uchun yozib olindi