“Milliy boqqa” uyushtirgan tashrif!!!

2017 yil 9-fevral kuni Chet tillar fakulteti talabalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan muovini G.Kenjayeva rahbarligida erta tongdan Alisher Navoiy nomidagi “Milliy boqqa” tashrif buyurdilar va Navoiy hazratlarining 576 yillik to‘yiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.

2017 yil 9-fevral kuni Chet tillar fakulteti talabalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan muovini G.Kenjayeva rahbarligida erta tongdan Alisher Navoiy nomidagi “Milliy boqqa” tashrif buyurdilar va Navoiy hazratlarining 576 yillik to‘yiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar. Fakultet KYoIH boshlang‘ich tashkilotining faol talabalari ham ajoyib guldastalar bilan tashrif buyurdilar. Talabalar Mir Alisher Navoiy tavalludi tantanasiga bag‘ishlangan tadbirda Navoiyning samodek tiniq, tongdek shaffof g‘azallaridan yod oldilar. Ulug‘ mutafakkir shoirning poylariga guldastalar qo‘ydilar. O‘zbek nomini jahonga mashhur qilib, ona xalqimiz timsoliga aylangan, uning ummon qadar bepoyon ijodidan o‘z iste’dodiga yarasha bahramand bo‘lgan talaba-yoshlar ulug‘ mutafakkir shoirimiz borligidan faxr hissini tuydilar va she’riyat dahosiga bo‘lgan ehtiromlarini izhor etdilar.