“Ta’zim sizga, ustozlar” nomli tadbir tо‘g‘risida

Joriy yilning 29 sentabr kuni Chet tillar fakultetida “Ta’zim sizga, ustozlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani va dekan muovinlari, kafedra mudirlari hamda professor-о‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovini G.Kenjayeva 1 oktabr - О‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tadbirga tashrif buyurgan barcha professor-о‘qituvchilarni kasb bayrami bilan muborakbod etdi. Shundan sо‘ng ustoz deganda har qaysi inson kо‘nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga hech qanday boylik bilan о‘lchab ado qilib bо‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bо‘lashi, biz sabr, matonat, ilm-ma’rifat timsolini aynan ustoz timsolida kо‘rashimiz, ular yaratish va yaratuvchanliklarning boshida turgan me’morga qiyos sababi, ustozlarimiz ta’lim-tarbiyasini olgan barkamol avlod yurtimiz kelajagini bunyod etadi. Bu sharafli kasb egalarini qancha e’zoz etsak, e’tirof etsak kam ekanligi tо‘g‘risida fikr yuritib о‘tdi. Tadbir davomida fakultet talabalari о‘z raqslari, she’rlari, ajoyib sahna kо‘rinishlari va qо‘shiqlari bilan faol ishtirok etishdi. Shu bilan birga, birinchi kursga qabul qilingan talabalar qasamyodi bо‘lib о‘tdi. Fakultet jamoasi nomidan barcha ustozlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.