“Musiqa ta’limi” yo‘nalishi talabalari Toshkent shahrida joylashgan muzey va tarixiy obidalarga tashrif buyurdi

2017 yil 26 oktyabr kuni “Musiqa ta’limi” yo‘nalishidagi akademik guruhlari va guruh murabbiylari bilan birgalikda Toshkent shaxridagi bir qator muzeylar va tarixiy obidalarga tashrif buyurdilar

2017 yil 26 oktyabr kuni “Musiqa ta’limi” yo‘nalishidagi akademik guruhlari va guruh murabbiylari bilan birgalikda Toshkent shaxridagi bir qator muzeylar va tarixiy obidalarga tashrif buyurdilar. Jumladan, Amaliy San’at muzeyiga MT-402-guruh talabalari I.B.Matyakubov rahbarligida, “Musiqa ta’limi va san’at” mutaxassisligi 1-2-kurs talabalari Q.Matyakubov, O.Soipov, R.Azizov, N.Karimjonovalar hamda MT-101, MT-301, MT-401-guruh talabalari O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyida, MT-201-guruh, MT-302-R-guruh talabalari O‘zbekiston Respublikasi tarixi Davlat muzeyiga, Yu.Rajabiy uyi, Shaxidlar xiyoboniga tashrif buyurdilar. Talabalar qadimiy yodgorlik, tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar va xabardor bo‘lishdi. Talabalar muzeylardan yaxshi ta’surotlar bilan qaytdilar