Huquqbuzarlikni oldini olishga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Chet tillar fakulteti 1-kurs 102 A guruhida talabalar orasida huquqbuzarlikni oldini olishga bag'ishangan tadbir o'tkazildi

2017 yil 10 noyabr kuni Chet tillar fakultetining Ingliz tili ta’lim yo‘nalishi, 1 kurs 102 A guruhida talabalar orasida huquq buzarlikni oldini olishga bag’ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet Murabbiylar kengashi raisi, 102 A guruhi murabbiysi U.N.Muradov hamda guruhning barcha talabalari ishtirok etishdi. Huquqbuzarliklarning sodir bo‘lish sabablari va ularga yoshlarning moyillig xususida guruh murabbiysi U.N.Muradov talabalarga ma’lumot berdi. Shuningdek, mazkur tadbirda talabalar faol ishtirok etishdi. Ular turli chiqishlar namoyish etishdi. Yurtimizda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish borasida huquq-tartibot organlari, mahallarlar va ta’lim muassasalari tomonidan olib borilayotgan profilaktik va tarbiyaviy ishlar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar keltirildi va talabalarga mavzuga oid film namouish etildi. Tadbir so‘ngida talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi va savollariga javob berildi