ONLINE-TEST SINOVLARI BOʼLIB OʼTDI

JORIY YILNING 20 FEVRAL SANASIDA TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA TО‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA TAHSIL OLAYOTGAN, О‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING FAOL A’ZOSI BО‘LGAN TALABALARNI MODDIY QО‘LLAB-QUVVATLASHGA DA'VOGAR TALABALAR UCHUN ONLINE-TEST SINOVLARI BO'LIB O'TDI.

2018 yil 20 fevral sanasida О‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida tо‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, sessiyani o’rtacha 86%ga o'zlashtirgan (1-kurslar 2017-2018-o'quv yilining qishki sessiyasi, 2-3-4-kurslar 2016-2017-o'quv yilining yozgi, 2017-2018-o'quv yilining qishki sessiyasi) O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bо‘lgan, moddiy qо‘llab-quvvatlashga da'vogar talabalar uchun online-test sinovlari bo'lib o'tdi. Soat 13:40 Chet tillar fakultetining 120-xonasida hujjatlar ro’yxatga olindi. Online-test soat 14:00da Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetining III qavatidagi 325-kompyuterxonada o'tkazildi. Nazoratchilar sifatida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Chilonzor tuman Kengashi raisi Ziyoviddinov Baxodir Karimovich, O'zbekiston yoshlar ittifoqining Chilonzor tuman Kengash a’zosi Toshev Melis, O'zbekiston yoshlar ittifoqining TDPU BT yoshlar yetakchisi Ubaydullayev Nuriddin Toxir o’g’li ishtirok etdilar. Test jarayonida quyidagi talabalar yuqori ball bilan keyingi bosqichga o’tdilar: 28 ball – Otabekov Ulug’bek G’ayrat o’g’li (Kasb ta’lim fakulteti) 28 ball – Safoyeva Zaxro Kudrat qizi (Chet tillar) 28 ball – Qodirova Komola Ilyos qizi (BT va JM fakulteti) 27 ball – Saboxiddinova Shahnoza Xojiakbar qizi (Pedagogika fakulteti) 27 ball – Olimjonova Ziynat Bobomurod qizi (BT va JM fakulteti) 27 ball – Radjaboyeva Gulruxsor Abduvali qizi (BT va JM fakulteti) 26 ball – Fayzullayev Xurshida Erkin qizi (Pedagogika fakulteti) 26 ball – Halimova Shoxsanam Shavkatullo qizi (BT va JM fakulteti) 24 ball – Gujosova Mohigul Komilzoda (Tarix fakulteti) 24 ball – Hamidullayeva Husnora Shuhrat qizi (Kasb ta’limi fakulteti) 22 ball – Tojiboyev Jasurbek Zokirjon o’g’li (Kasb ta’limi fakulteti) 22 ball – Asqarov Islom Abduqahhor o’g’li (BT va JM fakulteti) 21 ball – Matkarimova Nilufar Boqijon qizi (Pedagogika fakulteti)