"Sardorlik psixologiyasi" mavzusidagi webinar (onlayn-seminar) bo'lib o'tdi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida Universitetimiz yoshlar yetakchisi N.T.Ubaydullayev bilan "Sardorlik psixologiyasi" mavzusidagi ajoyib webinar (onlayn-seminar) bo'lib o'tdi.

TDPU_YI kanali, [25.02.18 01:09] 👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆 Ilk marotaba o'tkazilgan vebinar nima maqsadda tashkil etildi? Ilk marotaba Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan hududiy Sardorlar kengashi a’zolari uchun “Joylarda Sardorlar kengashi faoliyat samaradorligini yanada oshirish” mavzusida vebinar tashkil etildi. Vebinarda 14 ta studiyada Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” sardorlari jami 312 (nafar) sardorlar ishtirok etdi. Vebinarda sardorlar uchun “Rejani ishlash, ishlashni rejalash”, “Jamoani boshqarish dinamikasi”, “Vaqtni boshqarish”, “Muzokaralar olib borish”, “Qarorlar qabul qilishda jasorat” kabi mavzularda masofaviy mahorat darsi tashkil etildi. Mahalliy va hududiy Sardorlar kengashiga mart oyida o‘tkazilishi tavsiya etiladigan loyihalarni o‘quvchilar orasida kengroq ommalashtirish va o‘tkazish borasida tavsiyalar berildi. Hududiy studiyalardan ishtirok etgan Sardorlar bilan malakali mutaxassislar interfaol usulda mashg‘ulot olib bordi. 👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏