Universitetimizning "Ziyo" talabalar teatr studiyasining "Ikkinchi tumor" spektakli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

 Joriy yilning 11-aprel kuni O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida bo'lib o'tgan Oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida "TEATR STUDIYALARI-2018" Respublika ko'rik tanlovi saralash bosqichida O'zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat pedagogika universiteti o'z spektakllari bilan ishtirok etishdi. 

So'nggi natijalarga ko'ra Universitetimizning "Ziyo" talabalar teatr studiyasining "Ikkinchi tumor" spektakli 1-o'rinni qo'lga kiritdi! TABRIKLAYMIZ!!!

Nominatsiyalar bo'yicha universitetimiz qo'lga kiritilgan diplomlari: ✅"Eng yaxshi ayol ro'li uchun" nominatsiyasi g'olibi - Usarova Madina (Pedagogika fakulteti) ✅"Eng yaxshi dolzarb mavzuni sahnada talqin etgani uchun" nominatsiyasi g'olibi - "Ziyo" talabalar teatr studiyasi ✅"Eng yaxshi spektakl" nominatsiyasi g'olibi - "Ikkinchi tumor"