Davlat imtihonlari

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining

yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida

NIZOM

 

 

                               O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining

yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida

NIZOM

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining

 2009 yil 22 maydagi 160-son buyrug‘i bilan

                                                                                            tasdiqlangan

 

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining

yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida

NIZOM

 

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga muvofiq oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

I.Umumiy qoidalar

 

1.     Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.

 

2.     Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy ta’lim muassasasidagi xar bir ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

3.     Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

bitiruvchining bilim, malaka va ko‘nikma darajasining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash;

 

        yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari bo‘yicha bitiruvchilarga bakalavr (magistr) akademik darajasini berish masalasini xal qilish;

 

         komissiya faoliyati natijalarini taxlil qilish va ular asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

 

4.     Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari o‘z faoliyatlarini mazkur Nizom hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi va ta’lim mazmuniga qo‘yilgan Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga yo‘naltirilgan boshqa xujjatlarga tayangan xolda olib boradilar.

 

II.Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari

 

5.     “Yakuniy davlat attestatsiyasi ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) o‘quv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi bir yoki bir necha attestatsiya sinovlaridan iborat:”.

ayrim fan bo‘yicha yakuniy attestatsiya sinovi;

ta’lim yo‘nalishi  (mutaxassisligi) bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi;

bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.

6.     Ayrim fan bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi mazkur fanining muvofiq davlat ta’lim standartida belgilangan zaruriy mazmunidan kelib chiqqan xolda o‘quv dasturi nazarda tutilgan materiallarni talaba tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

7.     Ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi ayrim fanlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining mazkur yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha davlat ta’lim standartida bitiruvchiga nisbatan nazarda tutilgan umumiy talablarga ham javob bera olish darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

8.     Yakuniy davlat attestatsiyasiga albatta bitiruv malakaviy ishning (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi kiritiladi. Ayrim yo‘nalishlar uchun bu tartibga istisno kiritish faqat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan xal etiladi.

     “Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkaziladi.Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi”.

9.      Tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan, turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari yetakchi professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlari va bitiruv malakaviy ishni baholash tartiblari ishlab chiqiladi va tayanch oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda tegishli oliy ta’lim muassasalariga belgilangan tartibda yetkaziladi.

 

                                    III. Yakuniy davlat attestatsiya komisiyalari tarkibi

 

10.           Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raisligiga nomzodlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziirligiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

11.            Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari oliy ta’lim muassasasining idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, ushbu ta’lim muassasasida ishlamayotgan olimlar, ishlab chiqarishning yetakchi mutaxassislaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bir yil (kalendar yil) muddatga tasdiqlanadi.

Bir kishi ketma - ket bir oliy ta’lim muassasasida tegishli yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha ikki martadan ortiq yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining raisi bo‘lishi mumkin emas.

12.            Oliy ta’lim muassasasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan raislar raxbarligida ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i  bilan ayrim fanlar bo‘yicha yakuniy attestatsiya sinovlari, ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovlari  va bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.

13.           Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi mutaxassis tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari (attestatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 50 foizigacha), shuningdek mazkur soha kadrlarining iste’molchilari bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalarining yuqori malakali mutaxassislari, turdosh oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi tegishli soha olimlaridan iborat bo‘ladi.

14.           Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi kamida 5 nafar professor-o‘qituvchi va mutaxassislardan shakllantiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasida vasiylik kengashi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.

15.           Yakuniy attestatsiya sinovlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibi oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.

         Zaruriyat bo‘lganda attestatsiya sinovlarining biri bo‘yicha bir nechta yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Oliy ta’lim muassasalarining davlat attestatsiyasidan o‘tmagan yo‘nalish va mutaxassisliklari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi Davlat test markazi vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.

 

IV. Yakuniy davlat attestsiyasini o‘tkazish tarkibi

 

16.           Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari bilan oliy ta’lim muassasasi rektori shaxsan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalrining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va a’zolarining vazifalari, bitiruvchilarga qo‘yilayotgan talablar, tartib-intizom to‘g‘risida seminar–kengash o‘tkazadi.

17.           Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma,test yoki og‘zaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi qarori asosida ta’lim muassasasi rektori tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan olti oy ilgari talabalar e’tiboriga yetkaziladi. Talabalar dasturlar bilan ta’minlanadilar, ularga tayyorgarlik ko‘rish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

18.           “Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli o‘quv reja va fan dasturlarini to‘liq tugatgan va o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar qo‘yiladi”.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tegishli ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishlari majburiydir.

19.           Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari va bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining ochiq majlislarida, a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda o‘tkaziladi.

      Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng shu kunning o‘zida e’lon qilinadi.

20.            Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalari asosida ularga ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha bakalavr (magistr) darajasi berish haqida qaror qabul qiladi.

      Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan, majlisda ishtirok etuvchilarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan holda, raisning ovozi xal qiluvchi xisoblanadi

21.           Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan attestatsiya sinovlarining barcha turlaridan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng unga muvofiq daraja va oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom beriladi.

22.           O‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va o‘quv rejasidagi barcha fanlarning kamida ¾ qismi bo‘yicha 86 ball va undan yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatgichlariga erishgan, (boshqa fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatgichi 71 balldan kam bo‘lmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining har biri bo‘yicha kamida 86 ball o‘zlashtirish ko‘rsatgichlariga ega bo‘lgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi.

23.           “Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan (attestatsiya sinovlari turlarining biri bo‘yicha) o‘ta olmagan shaxs o‘qish muddati tugagandan so‘ng,  uch yil ichida arizasiga muvofiq tegishli sinovni  (o‘ta olmagan attestatsiya sinovlarining har bir turi bo‘yicha bir marta) qayta topshirish huquqiga ega. Bunda oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) shaxsni yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini qayta topshirishga qo‘yish bo‘yicha buyruq chiqarishi lozim.

 

       Muddatli xarbiy xizmatda bo‘lgan vaqt, uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’til vaqti mazkur uch yillik muddatga kirmaydi..

 

        Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan ikkinchi marta ham o‘ta olmagan yoki uch yil ichida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini qayta topshirish uchun  murojaat qilmagan shaxsga sinovlarni qayta topshirish uchun ruxsat berish masalasi uning arizasiga muvofiq  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan hal etiladi”.

 

24.            Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan (yoki attestatsiya sinovlari turlaridan biri bo‘yicha) qayta o‘ta olmagan talabaga akademik ma’lumotnoma beriladi va u o‘rnatilgan tartibda, to‘lov-kontrakt asosida tegishli kursga o‘qish uchun qayta tiklanishi mumkin.

 

25.           Ayrim fan (yoki fanlararo sinovlar) bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidagi qoniqarsiz ko‘rsatkich (55 balldan kam) talabani boshqa fanlar (yoki fanlararo sinovlar) bo‘yicha attestatsiya sinovlaridan o‘tish huquqidan mahrum etmaydi.

 

26.           Uzrli sabab bilan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kelmagan talabalar rektorning buyrug‘i bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kiritilishi mumkin.

 

27.           Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida olgan bahosiga e’tiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun rektor buyrug‘i bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

 

28.           Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qo‘yilgan bahodan norozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi baholari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.

 

29.            Apellyatsiya komissiyasi o‘z xulosasini bitiruvchiga bir kun muddat ichida ma’lum qilishi lozim.

 

30.           Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining ishi bo‘yicha yillik hisobot oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida ko‘rib chiqiladi. Mazkur Ilmiy kengashga yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raislari taklif qilinadi.

  

V. Yakuniy qoidalar

 

31.            Mazkur Nizomda begilangan qoidalar bo‘yicha nizolar qonun xujjatlariga muvofiq xal qilinadi.

 

32.           Mazkur o‘zgartirishlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi,O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, O‘zbekiston RespublikasiXalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqnisaqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.