Bitiruv malakaviy ish himoyasi

Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv

malakaviy  ishini bajarishga qo‘yiladigan

talablar

 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

 vazirligining  2010 yil 9 iyundagi

225- sonli buyrug‘iga ilova

 

 Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv

malakaviy  ishini bajarishga qo‘yiladigan

talablar

  1. Bitiruv    malakaviy   ishni   bajarishning   maqsad   va   vazifalari

          Bitiruv malakaviy ishni bajarish oliy ta’lim muassasasi bakalavriatida talabalarni o‘qitishning yakuniy bosqichidir.

         Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad:

          ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash;

         ijodiy ishlash, hal etilayotgan masalaning (muammoning) qo‘yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nixoyasiga yetkazish bo‘yicha qaror qabul qilishda bo‘lgan ma’suliyatni his etishga o‘rgatish;

         zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta’minlashdan iborat.

          Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari ta’lim yo‘nalishlarida bitiruv malakaviy ishi uning shakllaridan biri bo‘lgan diplom loyihasi sifatida tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 apreldagi «Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-847-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2008 yil 31 iyuldagi № 16/226-sonli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarida diplom loyihasini tayyorlash va himoya qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan bajariladi.

        2. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi

         Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.

         Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi yoki fakultetning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiklanadi hamda har o‘quv yili boshida qayta ko‘rib chiqiladi.

         Bitiruv malakaviy ishlar mavzusining yillik ro‘yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e’lon qilinadi.

         Talabalarga (reytinglari bo‘yicha kamayish tartibida) bitiruv malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘ini to‘layotgan buyurtmachi zaruriy asoslar bilan bitiruv malakaviy ishlar mavzusi bo‘yicha o‘z variantlarini taklif etishlari mumkin.

         Bitiruv malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo‘yicha rektorning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

         Ish rahbari, bitiruv malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga bitiruv malakaviy ishga tegishli materiallarni to‘plash bo‘yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o‘tkazish davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy ta’lim muassasaning o‘quv bo‘limi tomonidan belgilanadi.

Topshiriq bitiruv malakaviy ish bilan birgalikda Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.

 3.      Bitiruv malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish

Bitiruv malakaviy ishlarga raxbarlar ushbu oliy talim muassasasining professor va dotsentlari yoki ilmiy xodimlari,boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari safidan tayinlanadi.

Bitiruv malakaviy ish rahbari:

-          topshiriq beradi;

-          bitiruv malakaviy ishining bajarilish jadvalini rejalashtiradi;

-          asosiy adabiyotlar, ma’lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etadi;

-          talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o‘tkazadi;

-          bitiruv malakaviy ishining bajarilish jarayonini nazorat etadi;

-          talaba bajargan bitiruv malakaviy ishining sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularning qaytarilishiga yoki boshqa manbalardan aynan ko‘chirilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

 Bitiruv malakaviy ish raxbarining taklifiga binoan, kafedra bitiruv malakaviy ishga rahbarlik qilishga ajratilgan vaqt byudjeti xisobidan ishning ayrim bo‘limlari bo‘yicha konsultantlarni taklif etishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishning bo‘limlari bo‘yicha konsultant (maslaxatchi)lar etib, oliy ta’lim muassasasining professorlari va dotsentlari, ilmiy xodimlari hamda boshqa muassasa korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari tayinlanishi mumkin. Konsultantlar talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradi, tegishli ko‘rsatmalar beradi.

         Mutaxassis chiqaruvchi kafedra bitiruv malakaviy ishga qo‘yiladigan talablar xajmini belgilagan xolda bitiruv malakaviy ishni bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqadi va ular bilan talabalarni ta’minlaydi.

         Bitiruv malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi.

         Bitiruv malakaviy ishning har bir bo‘limi muvofiq, asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Bitiruv malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va maqolalari, xisob grafika ishlari, kurs ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko‘rsatilgan holda) ishlari, tahliliy – qiyosiy ma’lumotlar sifatida aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin.

         Tushintirish qismi (poyasnitelnaya zapiska) bitiruv malakaviy ishning mazmunini qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim zaruriy hollarda tushintirish qismga grafiklar, rasmlar, eskizlar, diagrammalar, sxema va boshqalar, shuningdek, zaruriy qo‘shimcha axborot yozilgan elektron shakldagi ma’lumotlar ilova etilishi mumkin.

         Bitiruv malakaviy ishlarning tarkibiga bitiruv malakaviy ishning mavzusi, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda elektron shakldagi taqdimot materiallari kiritilishi mumkin.

         Tushintirish qismi kamida 10-15ming so‘z xajmida belgilanadi.

         Chizmalarning formati, shartli belgilari, shrift va masshtablari amaldagi standartlar talablariga qat’iy muvofiq kelishi zarur, odatda chizmalar A2 formatli qog‘ozda (5-6 varaq xajmida) qalamda bajariladi yoki texnika vositalari orqali tayyorlanib, ekranda elektron doskada ko‘rsatiladi. Arxitektura yo‘nalishidagi chizmalarga qo‘yiladigan talablar ularga muvofiq keluvchi o‘quv-uslubiy birlashmalar (assotsiatsiyalar) tomonidan belgilanadi.

         Kafedraning tavsiyasiga binoan bitiruv malakaviy ish chet tillarning birida bajarilishi mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va himoya vaqtida tarjima ta’minlanadi.  

 4.      Bitiruv malakaviy ishning bajarilishi

Bitiruv malakaviy ish oliy ta’lim muassasasining, odatda, ushbu maqsadda maxsus ajratilgan xonalarda bajariladi. Ayrim hollarda, bitiruv malakaviy ish korxonalar, muassasalar, ilmiy, loyihalash va boshqa muassasalarda bajarilishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishning bajarilishi bo‘yicha talabaning hisobot berish muddatlarini dekanat nazorat etadi. Dekanat belgilagan muddatlarda, talaba bitiruv malakaviy ishining bajarilish holati haqida rahbar va kafedra mudiri oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri bitiruv malakaviy ishning tayyorlik darajasini belgilaydi. Shu maqsadda kafedrada har bir bitiruvchi kesimida bitiruv malakaviy ishlarning bajarilish monitoringi tashkil etilib, uning bajarilish holati rahbarning haftalik hisobotlari asosida foizlarda aniqlab boriladi.

Talaba – ish muallifi, tanlangan qarorning to‘g‘riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, bitiruv malakaviy ishda ko‘chirmachilik holatini yo‘qligiga javob beradi.

Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish bosqichlarida belgilangan muddatlardan kechikish hollari aniqlanganda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar kafedra mudiri tomonidan belgilanadi.

 

5.      Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish

 

Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bitiruv malakaviy ish (kompyuterda bajarilgan holda uning elektron varianti bilan birga) talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, bitiruv malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni o‘z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va bitiruv malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim etilgan materiallar asosida, bitiruv malakaviy ishni talaba tomonidan Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasida himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi.

Agar, kafedra mudiri talabaning bitiruv malakaviy ishini himoyaga  kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi.

Himoyaga kiritilgan bitiruv malakaviy ish taqrizga yuboriladi.

Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarga ish beruvchi soxa mutaxassislari safidan tanlanadi. Taqrizchilar sifatida boshqa oliy ta’lim muassasasining professor va o‘qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.

Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.

Bitiruv malakaviy ishlar himoyasi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot (prezentatsiya) shaklida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi, mazmun-mohiyati va xususiyatlariga muvofiq ularning himoyasini tashkil etishva o‘tkazishning boshqa shakllari oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi tomonidan o‘rnatilishi mumkin.

Arxiv, axborot-resurs markaziva kafedralarda saqlanayotgan yoki internet resurslaridan foydalanib aynan ko‘chirib olingganligi rasmiy himoyagacha aniqlanib tasdig‘ini topgan bitiruv malakaviy ishlari kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rektor buyrug‘i bilan bekorqilinadi va bitiruvchiga qoniqarsiz baho qo‘yilib, ish rahbari keyingi uch yil davomida bitiruv malakaviy ishlarga rahbar etib tayinlanmaydi.

Oliy ta’lim muassasasida axborot texnologiyalari vositasida taqdimot shaklida bitiruv malakaviy ishlar himoyasini tashkil etish uchun yetarli darajada maxsus jihozlangan auditoriyalar belgilanadi.

Bitiruv malakaviy ish himoyasidan so‘ng (kamida 10 yil) oliy ta’lim muassasasida saqlanadi. Har xil sabablar bo‘yicha bitiruv malakaviy ishni boshqa tashkilot yoki xodimlarga topshirish zaruriyati mavjud bo‘lgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va hakozo), ishdan nusxa olinadi va ularni mazkur nusxa beriladi, ishning asl nusxasi oliy ta’lim muassasasida qoldiriladi. 

Tasdiqlayman

…………………………. fakulteti dekani

…………….. ………………….. ………….

…… ………………… ……….. 2018yil

 

 

 

………………………………………………………… fakulteti ……………………………………………………. ta’lim yo‘nalishi

……………………….. guruhi talabasi ………………………………………. ………………………………………………………. ……………………… …………… ……………… tomonidan bajariladigan

 

BITIRUV MALAKAVIY ISh BO‘YIChA  TOPShIRIQ

 

Ishning mavzusi: “…….. ………. ……….. ………….. …….. ……….. ……………. .……………. …………. …………. …………….. ……………. …………….. ……….. ………………….. ……..” universitet rektorining 2018 yil …… ………….. dagi № ….. – sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

 

 

Ishni topshirish muddati: …………. ……………… ……………. ……………….. ……………… …………….. ……………. …………….. ……..

 

 

Mavzu bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar beruvchi adabiyotlar:

 

1.            ……….. …………….. ……………. …………..

2.            ………………. …………. ……….. ……. ….. . .

3.            ………….. ………….. …………… ……. …… .

4.            ……………………………………………………..

5.            ………………………………………………………

6.            …………………………………………………………

  v.x.k

 

 

Ishning maqsadi va kutilayotgan natijalar:

…………… ………………… …………………. …………………. ……………….. ……………………………….. …………………….. …………………….. ……………… ………………….. ………………………. …………………. …………………. ………….. …………… ………………… …………………. …………………. ……………….. ……………………………….. …………………….. …………………….. ……………… ………………….. ………………………. …………………. …………………. ………….. …………… ………………… …………………. …………………. ……………….. ……………………………….. …………………….. …………………….. ……………… ………………….. ………………………. …………………. …………………. ………….. …………… ………………… …………………. …………………. ……………….. ……………………………….. …………………….. …………………….. ……………… ………………….. ………………………. …………………. …………………. ………….. …………… ………………… …………………. …………………. ……………….. ……………………………….. …………………….. …………………….. ……………… ………………….. ………………………. …………………. …………………. ………….. .

 

Ishni bajarish rejasi:

 

Vazifalarning mazmuni

Bajarish muddati

Kafedradaijrosimuhokamaqilingananiqsana  va ilmiy rahbar imzosi

Sana

 

Ilmiy rahbar imzosi

 

 

 

 

2018 yil sentyabr

 

 

 

 

 

 

 

2018yil oktyabr

 

 

 

 

 

 

 

2018 yil

 noyabr

 

 

 

 

 

 

 

2018 yil dekabr

 

 

 

 

 

 

 

 

2019yil

 yanvar

 

 

 

 

 

 

 

 

2019 yil

 fevral

 

 

 

 

2019 yil

 mart

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2019 yil

 aprel

 

 

 

 

 

 

Bitiruv malakaviy ish rahbari: ………………………….. ………………….. …….

 

Kafedra mudiri ………………… …………………. ……………… ……………… .

 

Topshiriqni oldim:                                      …. …………….. ………………2018yil

 

Topshiriqni BMI bilan birga

YaDA komissiyasiga topshirdim:                  ……….. …………………….. ….2018yil