Axborot resurs markazi

 

Uzluksiz ta’lim tizimini darslik va qo‘llanmalar bilan ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2016 yil 14 iyuldagi 284-son  buyrug‘i asosida Nizomiy nomidagi  TDPU zimmasiga  2016-2017 o‘quv yilidan 1-kurslarda  o‘qitiladigan 35 ta fandan 37 ta xorijiy adabiyot tarjimasini  amalga oshirish yuklatilgan. Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining 2016 yil 15 iyuldagi 389-U-buyrug‘i imzolangan. Unga ko‘ra, “Pedagogika” ta’lim sohasining 19 nomdagi  ta’lim yo‘nalishi 1 kurslari o‘quv rejasidagi fanlar  bo‘yicha xorijiy o‘quv adabiyotlarni tarjima qilish bo‘yicha tarjimon, o‘quv modulidan dars beradigan mutaxassis hamda chet tilini biladigan shu soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi. Ishchi guruh samarali faoliyat yuritishi  uchun  internet tarmog‘iga ulangan alohida kompyuter bilan  ta’minlangan xonalar ajratildi.

Universitetda xorijiy adabiyotlar tarjimasi monitoringini yuritish bo‘yicha mas’ul tomonidan tarjimani rejaga muvofiq  belgilangan muddatda  yakunlash bo‘yicha muntazam ravishda monitoring olib borildi.

37 ta nomdagi adabiyotlarni barchasini tarjima qilish ishlari yakunlandi. Tarjimasi amalga oshirilgan adabiyotlar asosida 1 kurslar uchun 75 nomdagi o‘quv adabiyotlari yaratildi.

2017-2018 yil mobaynida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 131 nomdagi o‘quv adabiyot (darslik va o‘quv qo‘llanma)lari tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim qilingan, shundan 47 nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanmalariga nashr guvohnomalari olindi.